"Buxoro": Nihoyat buxorolik muxlislar peshqadam

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2017, 16:06
3-4 mavsumdan beri “Buxoro” jamoasining muxlislari stadionga tashrif buyurish bo'yicha peshqadam bo'lib kelishdi.

2017 yilgi mavsumda afsus-ki, buxoroliklar “chempionlik”ni qo'ldan chiqarishmoqda. Ortda qolgan 12 turda buxorolik muxlislar tur yakuni bo'yicha peshqadamlik qilishmadi. Mana nihoyat 13-turga kelib buxoroliklar turda peshqadam bo'lishdi.

13-turda o'tkazilgan 8 ta uchrashuvda jami bo'lib stadionlarga 32399 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ushbu ko'rsatgichning 38,5% ni “Buxoro”-“Lokomotiv” uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar tashkil qiladi. Ushbu uchrashuvni PFL rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra 12458 nafar muxlis bevosita stadiondan turib tomosha qilgan. Bu esa 13-turning eng yaxshi ko'rsatgichi sanaladi.

Eng past ko'rsatgich “Obod”-“Metallurg” uchrashuvida kuzatildi. Bu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga bor-yoo'g'i 253 nafar muxlis tashrif buyurgan.

Quyida 13-turda har bir uchrashuvda stadionlarga tashrif buyurgan muxlislar sonini taqdim etamiz:

1.  Buxoro (Buxoro) – Lokomotiv (Toshkent) – 1:2. 12458 tomoshabin.
2.  Qizilqum (Navoiy) – Mashal (Muborak) – 2:0. 7618 tomoshabin.
3.  Sho'rtan (G'uzor) – Nasaf (Qarshi) – 1:2. 4112 tomoshabin.
4.  Olmaliq (Olmaliq) – Paxtakor (Toshkent) – 2:0. 2707 tomoshabin.
5.  Bunedkor (Tashkent) – Kokand-1912 (Kokand) – 2:1. 1912 tomoshabin.
6.  So'g'diyona (Jizzax) – Navbahor (Namangan) – 2:1. 1711 tomoshabin.
7.  Neftchi (Farg'ona) – Dinamo (Samarqand) – 2:3. 1628 tomoshabin.
8.  Obod (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) – 1:4. 253 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com