So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  4 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

"Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng bo'lgan gaplar Yangiliklar

"Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng bo'lgan gaplar

Teglar :  BuxoroNavbahor
"Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab "Navbahor" bosh murabbiy Aleksandr Volkov uchrashuv to'g'risida o'z fikrini bildirdi. - "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin kutilganidek kurashlarga boy bo'ldi. Uchrashuv boshida bazi sodir etgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. So'ngra o'z darvozamizdan alamli to'p o'tkazib yubordik. Umuman olganda muxlislarga bugungi bellashuv manzur bo'ldi deb o'ylayman. Aslida jamoamizning o'yinini qovushdi deyish mumkin, biroq gollarni "Buxoro" urdi. Bizga doimgidek vaziyatlarni golga aylantirish etishmadi. Ikkinchi davrada tarkibda o'zgarishlar bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Buni hozir aytish qiyin. Xa, rahbariyat bir nechta yangi o'yinchilarni klubga taklif qilishni rejalashtirgan.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi. - Og'ir o'yin o'tkazdik. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham yigitlarga raxmat aytib, ularni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Nima sababdan so'nggi 10 daqiqada bo'sh o'yin ko'rsatganimizni o'rganib chiqamiz. Nimaga himoyalanganimizni o'zim ham tushunmadim. Ob-xavo sharoiti balki futbolchilar harakatiga tasir o'tkazgan bo'lishi mumkin. SHu bois biroz lanj o'yin kuzatildi. Gol o'tkazib yuborgunimizga qadar yaxshi harakatlanayotgandik. Hisob qisqargach shogirdlarim tushkunlikka tushib qolishdi. Bugungi uchrashuvni unutib, navbatdagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика