So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  141 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

“Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  BuxoroNasaf
Ikkinchi davrani muvaffaqiyat bilan boshlagan “Nasaf” jamoamiz oliy 17-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuv 12 avgust shanba kuni “Buxoro” sport majmusida soat 19:00da boshlanadi.


O'zPFL 17-tur
“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi)
12.08.2017. “Buxoro” SM. 19:00da
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko (Toshkent)
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.)
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Marat Ismoliov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Arif Alimov.

Uchrashuv hakami haqida malumot: Valentin Kovalenko joriy chempionatda  jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvni boshqargan. Unda jamoamiz mag'lubiyatga uchragan. O'zPFL 14-tur. “Paxtakor” – “Nasaf” 2:1. Uchrashuv 19 iyun kuni bo'lib o'tgan.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o'zaro 39 marta kuch sinashganlar. O'zaro bo'lib o'tgan  uchrashuvlarning 21 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 9 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g'alabaga erishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 69-38. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g'alabaga erishgan.

Buxorodagi uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Buxoroda 19 marta o'zaro kuch sinashgan “Buxoro” o'z uyida 9 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi 4 bahsda “Nasaf” safardan uch ochko bilan qaytmoqda. Qiziqarli tomoni keyingi o'tgan 3 uchrashuvda jamoamiz bir xil 2:0 hisobida “Buxoro”ni mag'lub etgan. Yani, buxoroliklar “Nasaf” darvozasiga yo'l topa olishmagan.

Buxoro o'tgan so'nggi besh uchrashuv:


24.04.2016 Buxoro - Nasaf 0:2
12.04.2015 Buxoro - Nasaf 0:2
15.08.2014 Buxoro - Nasaf 0:2
29.10.2013 Buxoro - Nasaf 1:5
26.06.2012 Buxoro - Nasaf 1:0

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati


“Nasaf” joriy chempionatda 16 uchrashuvdan so'ng 29 ochkoga ega va turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. “Buxoro” jamoasi ham 16 uchrashuv o'tkazgan va 24 ochko to'plagan.  Ular ayni paytda turnir jadvalining 6-pog'onasini band etib turishibdi. Jamoamiz o'tgan tur uchrashuvini o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazdi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Safarda “Olmaliq” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi, 1:1 hisobida durangga erishgan.

O'zaro uchrashuvlar haqida yana malumotlar


O'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchimiz Aleksandr Beynarovich ishg'ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo'lib o'tgan va jamoamiz raqiblarini 3:0 hisobida mag'lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda jamoamiz safida to'p tepgan. So'nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol  urgan hujumchimiz Dragan CHeran bo'lib turibdi. U o'tgan davradaning  2-turida bo'lib o'tgan Qarshidagi uchrashuvda jamoamizning uchrashuvdagi birinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda klubimizda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro'ziqul Berdiev, SHuhrat Toshpo'latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o'zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.

Jamoalarning to'purarlari haqida

“Nasaf” futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblar darvozasiga 27ta gol kiritishgan. SHulardan 10tasiga serbiyalik hujumchimiz Dragan CHeran mualliflik qilgan. U jamoamiz to'purarlari safida karvonboshilik qilmoqda. “Buxoro” jamoasi futbolchilari, bo'lib o'tgan uchrashuvlarda 26ta gol kiritishgan. Jamoa to'purarlar ro'yxatini Ivan Nagaev boshqarmoqda, uning hisobida 8ta gol bor. Har ikkala to'purar ham o'tgan 16-turda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

“Buxoro”dagi asosiy yo'qotish

Ivan Nagaev  “Nasaf”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur. Uning kartochkalari soni to'rttaga etgan. Bu hujumchi o'tgan 16-turdagi “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvda to'rtinchi sariq kartochka olgan.

Ammo “Buxoro” jamoasi tarkibida tajribali hujumchilar etarli. Yaqinda buxoroliklar safiga Salamat Qutiboev ham qo'shildi. Bungacha “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qilgan, “Nasaf”ning sobiq hujumchisi Azamat Allaniyozov ham ikkinchi davradan buxoroliklar safida to'p tepmoqda.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 11 avgust juma kuni Buxoro shahridagi klub  qarorgohi  maydonida  bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Bo'lajak uchrashuvga “Nasaf” PFK muxlislar klubi faollari ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHuni alohida takidlash joizki, yon qo'shnilar bo'lmish ikkala jamoa muxlislar klubi ancha yillardan buyon do'stona aloqa qilib kelishadi. Ashaddiy muxlislarimiz o'yin kuni “ajdarlar”ni bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlashni rejalashtirganlar.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика