So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

"Buxoro" muxlislari peshqadamlikni saqlab qolishdi Yangiliklar

"Buxoro" muxlislari peshqadamlikni saqlab qolishdi

Teglar :  Buxoro
Bu yilgi chempionatimiz har qachongiga nisbatan ancha sermahsulligi va kutilmagan natijalarga boyligi bilan ajralib turmoqda.

"Buxoro" jamoasi asta-sekinlik bilan turnir jadvalida yuqoriroq pag'onalardan joy olmoqda. "Buxoro" 5-turda o'z maydonida "Andijon"ni qabul qilib yirik 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsni bevosita stadiondan turib kuzatish uchun 21118 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu raqamlar 5-tur uchun rekord sanaladi. Buxorolik muxlislar 1,3 va 5-turlarda tengsiz teb topilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, buxorolik muxlislar 1-tur  "Buxoro"-"Olmaliq" (2:0) uchrashuvida 18352 nafarni, 3-tur "Buxoro"-"Paxtakor" uchrashuvida 22571 nafarni tashkil qilib, 2012 yildan buyon chempionatimizda saqlanib kelayodgan o'z rekordlarini yangilashgan edi.

Ushbu uchrashuvlardan keyin ko'pchilik muxlis va mutaxasislar, 1 -turda ochilish uchrashuvi bo'lganligi sababli, 3-turda raqib "Paxtakor" bo'lganligi sababli muxlislar tashrifi yuqori bo'ldi deya taxmin qilishgan edi. Lekin buxorolik muxlislar 5-turda "Andijon" ga qarshi kechgan bahsda ham stadionni to'ldirib o'tirishdi.
"Buxoro" PFK jamoaga ishonch bildirib, stadionga tashrif buyurgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

5-tur. Tomoshabinlar:

1.Buxoro (Buxoro) – Andijon (Andijon) – 5:2. 21118 tomoshabin.

2.Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent) – 2:2. 19318 tomoshabin.

3.Navbahor (Namangan) – SHo'rtan (G'uzor) – 3:1. 4351 tomoshabin.

4.Nasaf (Qarshi) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) – 1:0. 3856 tomoshabin.

5.Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax) – 0:1. 1924 tomoshabin.

6.Metallurg (Bekobod) – Obod (Toshkent) – 2:1. 1797 tomoshabin.

7.Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) – 4:2. 1306 tomoshabin.

8.Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak) – 3:1. 1050 tomoshabin.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика