So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  13

"Buxoro" muxlislari diqqatiga! Yangiliklar

"Buxoro" muxlislari diqqatiga!

Teglar :  Buxoro
Yana uch turdan so'ng joriy mavsumdagi oliy liga musobaqalari o'z yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda turnir etakchilariga etarlicha qarshirik ko'rsatib kelgan “Buxoro” jamoasini yana bir jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Mavsumni g'olib sifatida yakunlashga yaqin bo'lib turgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi chempionlik yo'lida “Buxoro” qarshiligini engib o'tishiga to'g'ri keladi.

28-turning markaziy uchrashuvi sanalgan “Lokomotiv”-“Buxoro” qarama-qarshiligi nafaqat turni, balki mavsumni bezaydigan uchrashuvlardan biri bo'lishini taxmin qilish mumkin.

“Buxoro” jamoasini xech bir uchrashuvda yolg'izlatib qo'ymayotgan mahalliy muxlislar, ushbu uchrashuvda ham jamoa bilan birga bo'lishni maqsad qilishdi. Toshkentga buxorodan ko'plab muxlislar tashrifi kutilmoqda. Jamoaning ashaddiy muxlislari uchun maxsus avtobus xizmat qiladi va bu mutlaqo BEPUL.

“Lokomotiv”-“Buxoro” uchrashuvida “Buxoro”ni bevosita “Lokomotiv” stadionidan turib qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislar bugun “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadigan registraciyadan (ro'yxatdan) o'tishlari talab etiladi. Ro'yxatdan o'tish jarayoni bugun, 7 noyabr soat 17:00da “Buxoro” sport majmuasining kirish eshiklari (favvora) oldida bo'lib o'tadi.

Ertaga, 8 noyabrda fan-klub Buxorodan Toshkentga qarab yo'lga chiqadi.

SHoshiling, joy chegaralangan!

Malumot uchun telefon:

+99891 923-11-14 - Orif Asadov
+99891 415-78-51   

Eslatib o'tamiz, 28-tur doirasida Lokomotiv-Buxoro uchrashuvi 8 noyabr kunisi Toshkentdagi Lokomotiv stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:30da boshlanadi.

Aziz Salixov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика