So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

“Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar! Yangiliklar

“Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar!

Teglar :  BuxoroMetallurg
Xabaringiz bor, 30 sentyabr, shanba kuni Buxoroda katta futbol bayrami.

SHu kuni oliy liganing 23-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur bahs qizg'in va tomoshabop ruh ostida o'tishi kutilmoqda. Bo'lajak o'yin olidan etiboringizga qiziqarli malumotlarni taqdim etamiz.

BEKOBOD JAMOASI HAQIDA QISQACHA
Toshkent viloyati, Bekobod shahri jamoasi bo'lmish “Metallurg” futbol klubiga 1945 yili asos solingan. Jamoaning nomi 1945 yildan to 1968 yilga qadar “Bekobod” deya yuritilgan. 1969-1991 yilllar davomida “Cementchi” deya atalgan. 1992-1997 yillar oralig'ida esa “Mavdanchi” nomi berilgan. 1998 yildan to shu kunga qadar esa “Metallurg” nomi ostida chempionatda ishtirok etib kelmoqda.

“Metallurg”ning oliy ligadagi ishtirokiga yaqinda 20 yil to'ladi.  

Jamoaning oliy ligada egallagan eng yuqori o'rni 5-o'rindir. 2002 yilgi mavsumni bekobodliklar yuqori notada o'tkazgandi.

Bosh murabbiy Rustam Mirsodiqovning 2008 yildan buyon “Metallurg”ni boshqarib kelayotgani tahsinga loyiqdir. Bir jamoani uzoq vaqt boshqarish borasida Rustam To'xtamurodovich hozirgi kunda oliy liga klublarining murabbiylariga yaxshigina saboq bermoqda.  

O'TTIZ SAKKIZINCHI TO'QNASHUV
“Buxoro” va “Metallurg”  shu kungacha o'zaro 37 marta to'qnash kelgan. Demak ertangi bahs ularning 38-qarama-qarshiligidir. O'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra ustunlik birozgina bekobodliklar tomonida. Sababi “Metallurg” 17ta bahsda muvaffaqiyat qozongan. “Buxoro”ning esa 16ta uchrashuvda qo'li baland kelgan. Qolgan 4ta o'yinda tomonlar durangga imzo chekkan.

To'plar nisbati bo'yicha ustunlik buxorliklardar. 37ta uchrashuvda 52ta gol! “Metallurg” esa 51ta to'p kiritgan. “Buxoro”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Metallurg”da bu borada ko'rsatkich, 3:0.

O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 52 ochko jamg'argan. Bekobodliklar esa 55ta.


TARIXGA NAZAR
Quyida ushbu jamoalarning barcha to'qnashuvlaridagi qayd etilgan natijalarni keltirib o'tamiz.
24.05.1998 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:1
10.09.1998 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 0:0
01.06.1999 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 3:0
21.08.1999 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 1:0
24.05.2000 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 1:0
26.08.2000 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 4:2
23.06.2001 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 3:0
31.07.2001 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:0
22.06.2002 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 4:2
10.08.2002 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:1
26.04.2003 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 3:1
27.09.2003 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 4:0
10.03.2004 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 3:0
13.11.2004 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:0
01.07.2005 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:0
05.08.2005 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 3:1
15.04.2006 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:0
24.09.2006 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 0:0
27.06.2007 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:1
06.08.2007 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:0
05.04.2008 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:1
08.11.2008 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 0:1
04.04.2009 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 0:1
25.10.2009 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:1
15.06.2011 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:1
05.08.2011 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 3:2
13.05.2012 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:0
14.09.2012 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:1
29.06.2013 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:1
10.08.2013 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 3:1
05.04.2014 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 2:1
22.08.2014 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 2:1
18.06.2015 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 0:3
30.10.2015 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 1:2
07.05.2016 yil
“Buxoro” – “Metallurg” 0:0
24.09.2016 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 1:2
29.04.2017 yil
“Metallurg” – “Buxoro” 1:2

BIRINCHI DAVRADA “BUXORO”NING QO'LI BALAND KELGANDI
29.04.2017. 8-tur.
“Metallurg” – “Buxoro” - 1:2 (0:1)

Bekobod.
“Metallurg” stadioni. 1429 tomoshabin.

Hakam: Valentin Kovalenko – 9.

“Metallurg”: Suxrob Sultonov, Vusol Magerramov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No'monov (Alisher Ziyovutdinov, 56), Murod Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 52), Davron Karimqulov, Zohid Abdullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Islombek Isoqjonov (Doniyor Ismoilov, 67).
“Buxoro”: Akmal Tursunboev, Elbek Ravshanov (Suhrob Nematov, 63), Krill Pasichnik, Nozim Umurov, Bahriddin Vahobov, Sanat SHixov, Zohir Pirimov (SHoxruh Gadoev, 46), Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Ivan Nagaev (Alisher SHog'ulomov, 46).
Gollar:
Bahriddin Vahobov, 36 (0:1)
Suhrob Nematov, 66 (0:2)
Zohid Abdullaev, 83 (1:2)

“METALLURG”NING OXIRGI TO'RTTA O'YINI
26.08.2017 yil
“SHo'rtan” – “Metallurg” 0:1
09.09.2017 yil
“Metallurg” – “Paxtakor” 1:3
16.09.2017 yil
“Navbahor” – “Metallurg” 2:1
22.09.2017 yil
“Metallurg” –  “Qo'qon–1912” 3:0

“BUXORO”NING OXIRGI TO'RTTA O'YINDAGI NATIJASI
26.08.2017 yil

“Buxoro” – “Qizilqum” 1:0
07.09.2017 yil
“Neftchi” – “Buxoro” 1:2
16.09.2017 yil
“Buxoro” – “Dinamo” 0:0
22.09.2017 yil
“Mashal” – “Buxoro” 1:1

UCHRASHUVNI BOSHQARIB BORUVCHI HAKAMLAR
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent).
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov, Ravil SHoyaxmetov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Komiljon  Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика