So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  51 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  51 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

Buxoro markaziy stadioni buzilib, o'rniga turizm shaharchasi qurilishi mumkin Yangiliklar

Buxoro markaziy stadioni buzilib, o'rniga turizm shaharchasi qurilishi mumkin

Mazkur stadion O'zbekiston Kubogi finaliga mezbonlik qilgandi.

"Bugun bir malumotga ko'zim tushdi. Buxorolik hamyurtlarimiz "Buxoro shahri markazidagi Markaziy stadion buziladi" degan yangilikdan lol.

Malumot uchun, Buxoro markaziy stadioni 25 ming tomoshabinga mo'ljallangan, uncha-muncha viloyatda bo'lmagan viloyatdagi yagona yirik sport majmuasi.

Obektning qadrli tomoni shundaki, 20 dan ortiq sport turlari bo'yicha to'garaklar joylashgan, engil atletika mashg'uloti talablariga javob beradigan yagona joy. Yana bir tomoni, har kuni minglab aholi foydalanadi. Ayniqsa, erta tongda va kechki vaqtda gavjum bo'ladi. Sportchilar, havaskorlar va salomatlikni ustun deb bilgan aholi, keksalar va bolajonlar uchun mashg'ulot joyi.

Albatta, aholiga bu mish-mish yoqmadi. Hammaga qadrdon bo'lgan joyda sayohatchi va ayrim ajnabiylar uchun shaharcha qurishmoqchi. Mahalliy aholi-chi? Afsuski, shaharda aholini sog'lomlashtirish va yugurish yo'lakchalari hali etarli emas. Ayrim malumotlarda shahar tashqarisidan joy ajratiladi, degan mish- mish ham bor. Ammo biror joyda rasmiy malumotga ko'zim tushmadi.

Savol: Mamlakatimiz rahbari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholining sport bilan shug'ullanishi uchun sharoit yaratilsin, degan bir paytda bu qaror qanchalar to'g'ri?

Qaror va takliflarga teskari ishlamaylik, o'zi shusiz ham oxirgi paytda mana shunday o'lda-jo'lda qarorlar ortidan hukumatga ishonch so'nyapti. Bunga sababchi bo'lish yaxshi emas. 

(Buning ustiga Buxoro Siti ham hali bitmagan, avval bitta Sitini halollab olaylik).

Balki hududning boshqa tarixiy joylariga ham turistlarni jalb qilish uchun aynan o'sha erlarda bu shaharchani rejalashtirish kerakdir? Sababi Buxoro shahrida shusizam turistik oqim katta. 

Qolaversa, juda katta mablag' evaziga qurilgan va yillar davomida bir necha bor rekonstrukciya ham qilingan. SHuncha mablag'ni buzish shartmikan!?

Qolaversa, SHaharsozlik kodeksining 38-moddasida aholi punklari rejasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yilishi kerak deyilgan, muhokama natijalari bormi?

Xullas, savollar ko'p, ammo rasmiylardan munosabat yo'q.

Buxorodan saylangan deputat sifatida asosli, aniq RASMIY munosabat berishlarini so'rayman.

Bizda hech qaerda elon qilinmagan boshqa malumotlar ham bor, balki rasmiylar aniqlik kiritishar.

SHaxsiy fikrim, Markaziy stadion o'rni turizm shaharchasining joyi emas!",  deyiladi Oliy Majlis Qonunchlik palatasi deputati Umida Rahmonova xabarida.

Ushbu hodisaga O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev ham munosabat bildirdi.

"O'zbekiston Coca Cola Kubogi finali Buxoroda azbaroyi zo'r o'tganidan, stadion o'rni tarixiy bo'lishi kerak, deyishayotgan ekan. 

Turistik zona albatta yaxshi, biroq unda futbol stadionining bo'lishi yanada foydali. Tayyor narsani buzish emas, uni turistlar va umuman buxoroliklar uchun fantastik strukturaga aylantirish mumkin. Stadion atrofi supermarketlar, ovqatlanish, ko'ngilochish maskanlari, avtostoyankalar uchun juda bop joy", – deyiladi Imomxo'jaev munosabatida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика