So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Buxoro" klubi 300 million, SHavkat Salomov esa 10 mln so'm jarimaga tortildi Yangiliklar

"Buxoro" klubi 300 million, SHavkat Salomov esa 10 mln so'm jarimaga tortildi

Kecha bo'lib o'tgan "Paxtakor"ga qarshi o'yin sabab "Buxoro" klubi va jamoa sardori SHavkat Salomov jarimaga tortildi.

Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi.

Superliganing 5-turidan o'rin olgan “Buxoro” va “Paxtakor” klublari o'rtasidagi uchrashuv inspektorining bildirgisiga asosan O'FA Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

“Buxoro” — “Paxtakor” o'yini uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar avvaliga uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamni, keyinroq esa “Paxtakor” futbol klubini haqoratli so'zlar bilan ommaviy ravishda erga urdi, deb yoziladi PFL inspektorining bildirgisida. Unda aynan qaysi daqiqalar haqida so'z ketayotgani ham ko'rsatilgan. Jumladan, 20, 26 va 55-daqiqalarda ishqibozlar uchrashuv hakamini, 40 hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlashdan tiyilmagan.

Mazkur holat musobaqalarni o'tkazish reglamentining 4-bo'lim 5.55-bandiga ziddir. Unga ko'ra, stadionga tashrif buyurgan muxlislarning haqoratli va kamsitish ustiga qurilgan so'zlarni aytishiga cheklov qo'yilgan bo'lib, jazo sifatida kelasi turning muxlislarsiz stadionda o'tishi mumkinligi, jamoadan 3 ochko olib tashlanishi mumkinligi, klubning musobaqadan chiqarib yuborilishi yoki 500 million so'mgacha jarimaga tortilishi ehtimoli borligi ko'rsatib o'tilgan.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi Buxoro shahridagi mazkur o'yin tafsilotlarini o'rganib chiqdi va “Buxoro” klubini 300 million so'm jarimaga tortishga qaror qildi.



SHuningdek, “Buxoro” — “Paxtakor” o'yinining 36-daqiqasida mezbonlar vakili SHavkat Salomov bosh hakam Temur To'xtasinovning qaroriga qarshilik ko'rsatishga urindi. Bunda futbolchi og'zaki qarshilik bilan cheklanmay, hakamning qo'lini ham ushlab olgan. SHundan kelib chiqib, SHavkat Salomov reglamentning 5.6 bandiga asosan aybdor deb topildi va 10 million so'm jarimaga tortildi. Mazkur holatni o'z vaqtida jazolamagan hakam Temur To'xtasinov esa Superliganing 6 va 7-tur o'yinlariga, shuningdek, O'zbekiston Kubogining 1/16 final o'yinlariga qo'yilmaydi. Bu vaqt davomida u faqatgina Pro-Liga bellashuvlarini boshqarishi mumkin.

SHavkat Salomov misolida Tartib-intizom qo'mitasi Superliga va Pro-Liga futbolchilariga eslatib o'tadi. Futbol hakamlari bilan muloqotga faqatgina jamoa sardorlari kirishi mumkin. Ammo ularga keskin qarshilik ko'rsatish, ularga halal berish mumkin emas. SHavkat Salomov “Buxoro” futbol klubining sardori, biroq kelasi safar u futbol hakamlariga tegingudek bo'lsa, jazo choralari bundan jiddiyroq bo'ladi. Bu qolgan futbolchilarga ham taaluqlidir.

Agar “Buxoro” futbol klubi rahbariyati o'z fan-klubi va muxlislari bilan ishlamasa, ular o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bormasa va oqibatda shunga o'xshash hunuk holatlar takrorlangudek bo'lsa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo'ladi. Bu borada “Buxoro” klubi alohida, shuningdek, Superliga hamda Pro-Liganing qolgan klublari ham “Buxoro” misolida yana bir marta yozma ravishda ogohlantiriladi.

PFL muxlislarni stadionga qaytarish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustida ish olib borishdan to'xtamaydi. O'yinlarning ish vaqtidan keyinga qo'yilayotgani hamda to'g'ridan-to'g'ri teletranslyaciya qilinayotgani katta yutuq. SHuningdek, stadionlarda oilaviy sektorlarning bo'lishi shartligi ham nazorat qilib borilmoqda. Tashkilot principial ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlarning ko'payib borayotgani, futbolchilar o'rtasidagi shiddat va raqobatning oshayotganini qadrlaydi.

SHu bilan birga o'zini hurmat qilgan inson har qanday holatda ham o'zini nazorat qila olishi kerak deb hisoblaydi. Haqoratlarga, kamsitishlarga to'la stadionlarda yosh bolalar va ayollar ham bor ekanini unutmaslik kerak. PFL shundan kelib chiqib, yuqoridagi kabi holatlarga jiddiy etibor qaratishda davom etadi hamda futbol muxlislaridan provokacion tadbirlarga, chaqiruvlarga qo'shilmaslikni so'raydi.

Reyting: -226   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика