Buxoro ikki nafar tajribali futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
12 iyu 09:15
Yangiliklar
Buxoro ikki nafar tajribali futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
Bu haqida Pro liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Buxoro» klubi Fozil Musaev hamda SHohmalik Komilov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Buxoroliklar Pro liganing 14-tur yakunlaridan so'ng 27 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdilar.
Eslatib o'tamiz, Musaev joriy mavsum 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatma amalga oshirgan. SHohmalik esa 14 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi va 2 ta golga assist qayd etgan.
Fikrlar