

Buxoro klubi Fozil Musaev hamda Shohmalik Komilov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Buxoroliklar Pro liganing 14-tur yakunlaridan so'ng 27 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdilar.
Eslatib o'tamiz, Musaev joriy mavsum 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatma amalga oshirgan. Shohmalik esa 14 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi va 2 ta golga assist qayd etgan.



