"Buxoro" fan-klubi G'uzorga boradi
22 may 2015 12:03
Yangiliklar


"Buxoro" fan-klubi G'uzorga boradi
Ertaga, 23 may G'uzorda “Buxoro” jamoasi “SHo'rtan”ga qarshi maydoga tushadi. Ushbu bahs soat 18:00da boshlanadi.
“Buxoro” jamoasi bugungi kunda o'z boshidan og'ir kunlarni kechirmoqda va aynan o'z muxlislarining qo'llab-quvvatlashiga muxtoj. Muxlislar ham o'z navbatida jamoani ushbu og'ir damlarda yolg'izlatib qo'yishmaydilar degan umiddamiz.
“SHo'rtan”-“Buxoro” uchrashuvida “Buxoro”ni stadiondan turib qo'llab-quvvatlash maqsadida, jamoaning fan-klubiga klub tomonidan ikkita “Isuzu” rusumli avtobus ajratildi..
Avtobuslar ertaga, soat 13:00da “Buxoro” klubi qarorgohidan (“Stroitel” o'yingohi) yo'lga chiqadi.
Murojaat uchun telefon: +99891 923 11 14- Orif Asadov fan-klub eatkchisi.

Fikrlar