"Buxoro" da kolumbiyalik himoyachi ko'rikdan o'tmoqda
18 fev 2015 14:33
Yangiliklar

"Buxoro" da kolumbiyalik himoyachi ko'rikdan o'tmoqda
Kecha, mahalliy vaqt bilan 16:00 da "Buxoro” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahriga etib keldi.
Jamoa mehmonxonaga joylashib olishi bilanoq, mashg'ulotlarni boshlab yuboradi.
Turkiya yig'ini doirasida nazorat uchrashuvlari bilan birga, jamoa yana bir qancha legionerlarni ko'zdan kechiradi.
Hozir jamoa ixtiyoriga ko'rikdan o'tish uchun Kolumbiyadan yangi legioner, Raul Kuesto etib keldi. 1988 yil 23 aprelda tug'ilgan Raul Kuesto himoyachi hisoblanadi. Jamoa murabbiylar shtabi ushbu futbolchining agenti taqdim etgan barcha videomateriallarni ko'zdan kechirishdi va uni jamoaga taklif etishdi. Nazorat uchrashuvlarda Kuesto o'zini ijobiy tomonidan ko'rsata olsa, jamoa bilan shartnomaga imzo chekib, Buxoroga keladi va ushbu janubiy amerikalik futbolchi, O'zbekistonda o'ynagan birinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi.
P.S: Raul Kuesto ko'rikdan ijobiy o'ta olsa, u haqida to'liqroq malumot taqdim etamiz.
Bundan tashqari, bir necha mavsum “Bunyodkor” sharafni himoya qilgan futbolchi, Alibobo Raxmatullaev Antaliyada “Buxoro” yig'iniga kelib qo'shildi.
Ushbu futbolchilarning jamoada qolish-qolmasliklari nazorat uchrashuvlaridagi harakatlariga bog'liq.

Fikrlar