“Buxoro” Azamat Allaniyozovni o'z safiga qo'shib oldi
06 iyu 2017 14:44
Yangiliklar
“Buxoro” Azamat Allaniyozovni o'z safiga qo'shib oldi
“Buxoro” davralar oralig'idagi selekciya ishlarini boshlab yubordi.
Jamoamiz kuni-kecha Azamat Allaniyozov bilan kelishuvga erishdi. Muxlislarga asosan “Nasaf”dagi yorqin faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan Allaniyozov joriy mavsumning dastlabki qismini “Qizilqum”da o'tkazdi. Yaqinda Azamat navoiyliklar bilan xayrlashgach, “Buxoro”dan tushgan taklifni qabul qildi. Malumot uchun, qoraqalpog'istonlik 28 yoshli hujumchi birinchi davrada “Qizilqum” safida 14ta bahsda (798 daqiqa) maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Allaniyozovdan ikkinchi davrada murabbiylar shtabi va buxorolik muxlislarning umidi katta. SHunday ekan Azamatga bu borada omad tilab qolamiz.
“Buxoro” matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar