Buskets: "Yuventus" chiroyli o'yinlari orqali finalga yo'l olmadi"
04 iyu 2015 08:05
Yangiliklar


Buskets: "Yuventus" chiroyli o'yinlari orqali finalga yo'l olmadi"
"Dekabrga qadar "Yuventus" ECHLning guruh bosqichida muammolarga duch kelgandi. Lekin ular so'nggi manzilga qadar kelishlari mumkinligini isbotlashdi. Men turinliklar "Real"ni yutishganidan so'ng ularni favorit deb hisobladim. Javob o'yinida madridliklar o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmaganidan so'ng ularning kuchlariga shubham qolmadi. Italiya jamoalari shunaqa, ular har doim oxiriga qadar kurashishadi va g'alabaga qanday erishishni yaxshi bilishadi. "Yuventus" o'zining chiroyli o'yinlari yoki ko'p kiritilgan gollari orqali finalga chiqmadi. Ammo ular finalda o'ynashga loyiq. Turinliklarni mag'lub etish juda qiyin. Finalda eng muhimi g'alaba. Tarixda jamoaning o'yin uslubi emas, natija qoladi. Finalda g'alaba qozonishni orzu qilayotganimiz tabiiy. CHunki o'tgan mavsumda hech narsa yuta olmagandik. Pirlo jamoaning muhim futbolchisi. O'yinni tashkil etishda Pirlo etakchi futbolchi. Morata bu yili juda yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. Uni "Yuventus"ni muhim futbolchisiga aylanishini tasavvur etish qiyin edi. Lekin Alvaro tezda jamoaga kirishib ketdi va jamoaning muhim futbolchisiga aylana oldi. Mavsumning so'nggi hal qiluvchi pallasida Morata juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Agarda Morata o'z ustida ishlashda davom etadigan bo'lsa. kelajakda Ispaniya terma jamoasining etakchi hujumchisiga aylanishi mumkin", - deydi Serxio Buskets.

Fikrlar