“Bunyodkor”ning sobiq hujumchisi legionerga aylandi
29 sen 2021 12:11
Yangiliklar
“Bunyodkor”ning sobiq hujumchisi legionerga aylandi
O'z vaqtida “Bunyodkor” klubida to'p tepgan hujumchi Vladislav Nuriev faoliyatini Hindistonda davom ettiradi.
Futbolchi Hindistonning ikkinchi ligasi ishtirokchisi “Ara” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bundan avvalroq u Xitoy Taypeyi chempionatida bir muddat to'p tepdi.
Klub bilan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng erkin agent sifatida o'ziga yangi jamoa izlayotgandi.
Malumot uchun, “Ara” Hindiston ikkinchi ligasida to'p tepadi va jamoa kelgusi mavsumda I ligaga yo'llanma olish uchun kurashadi.
Fikrlar