"Bunyodkor"ning "Olimpik" bilan o'yinlardagi yoqimsiz ananasi davom etdi
22 iyu 07:55
Yangiliklar
"Bunyodkor"ning "Olimpik" bilan o'yinlardagi yoqimsiz ananasi davom etdi
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 12-turida o'z maydonida "Olimpik"ni qabul qildi.
Murosasiz o'tgan o'yinda g'olib nomi aniqlanmadi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi beshinchi o'yin sifatida tarixga kirdi. Mazkur bellashuvlarning 4 tasida durang, 1 tasida esa Timur Kapadze shogirdlarining qo'li baland kelgan. "Bunyodkor" esa uchinchi mavsumdirki "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q.
"Qaldirg'ochlar" navbatdagi uchrashuvini 27 iyun kuni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazsa, "Olimpik" 25 iyun sanasida "Surxon" bilan to'qnash keladi.
Fikrlar