So’nggi yangiliklar

03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  128 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  8 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  97 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  46 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

"Bunyodkor"ning OCHLdagi eng yirik g'alabasini yodga olamiz Yangiliklar

"Bunyodkor"ning OCHLdagi eng yirik g'alabasini yodga olamiz

"Retro futbol" rukni orqali navbatdagi o'yinni yodga olamiz.

2008 yil "Bunyodkor" klubi Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan va o'sha mavsumning o'zida yarim finalga qadar etib borgan edi.

Kuchli guruhda birinchi o'rinni egallagan Mirjalol Qosimov shogirdlari chorak finalda Eronning "Saypa" klubi bilan to'qnash kelishdi. "Saypa"ni o'shanda 1990 yil Germaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan Per Littbarski boshqarardi. 2008 yil yozda klub nomi "Quruvchi"dan "Bunyodkor"ga o'zgartirildi, jamoaga "Oltin to'p" sohibi Rivaldo olib kelindi. Eronda kechgan dastlabki bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Toshkentda o'tgan javob bahsida "qaldirg'ochlar"ni istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtirardi. Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Jeparovning to'pni jarima maydoniga uzatdi, bu erda Kapadze boshi bilan to'p yo'nalishini biroz o'zgartirdi, chililik to'purar hujumchi Xose Luis Vilyanueva esa boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi - 1:0. Oradan 9 daqiqa o'tib Jasur Hasanovning zarbasidan keyin to'p "Saypa" himoyachisi Kaebining qo'liga tegadi. Suriyalik mashhur hakam Muhsin Basma belgilagan penaltini Vilyanueva aniq bajardi - 2:0. Birinchi taym oxirida Vilyanuevaning harakatidan keyin to'p raqib himoyachisi qo'liga tegdi va yana mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Bu safar to'p yoniga braziliyalik Rivaldo keldi va osongina gol urib hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

Tanffusdan keyin eronliklar bitta gol urishdi va ularda umid uchqunlari paydo bo'ldi - 3:1. Biroq bu umid uchqunlarini 52-daqiqada Vilyanuevaning goli o'chirib yubordi - 4:1. Uchrashuvning 68-daqiqasida Jeparovning jarimadan uzatgan to'pini Luizao boshi bilan darvozaga yo'lladi va "Saypa"ni "nokaut"ga uchratdi - 5:1. O'sha o'yin videosini MANA BU ERDA ko'rish mumkin. 


Osiyo chempionlar ligasi-2008, chorak final. Javob uchrashuvi
"Bunyodkor" (O'zbekiston) – "Saypa" (Eron) 5:1
24 sentyabr 2008 yil. Toshkent, MHSK stadioni. 15000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Muhsin Basma (Suriya).
Gollar:
Xose Luis Vilyanueva 9,
Xose Luis Vilyanueva 18 penalti,
Rivaldo 45 penalti,
Xose Luis Vilyanueva 52 ,
Luizao 68

Sayid Mirgorbani 47.

"Bunyodkor": Pavel Bugalo, Shavkat Raimqulov (Aleksandr Xvostunov, 80), Luizao, Baxtiyor Ashurmatov, Aleksey Nikolaev, Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Sahob Jo'raev 75), Rivaldo, Xose Luis Vilyanueva (Ulug'bek Bakaev, 61).
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov (O'zbekiston).

"Saypa": Vohid Sheyxveysi, Said Beigi (Issa Traore, 25), Sayid Jalol Hussayni, Majid Ayyubi, Kozim Bozchelu (Sayid Mirgorbani, 46), Omid Sharifi Nasab, Ibrohim Sodiqi, Kianush Rahmati, Parvin Muhammad (Milad Zandipur, 59), Hussayn Kaabi, Iman Razagirad.
Bosh murabbiy: Per Littbarski (Germaniya).

Ogohlantirishlar: Raimqulov 57 - Kaebi 18, Rahmati 29, Ayyubi 66,
Chetlatish: Kaabi 90+4 (2SK).
Birinchi o'yin: 2:2.



Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
20 noy 16:16:02
Rustam Ruziyev
Ўшанда Бунёдкор раҳбарияти Қосимовни ишдан олиб адашганди
   
21 noy 10:21:48
Bekzod Sharipov
Bunyodkor kuchaygan davrlarda eng qizig'i Saudiyani qanaqadir o'rtamiyona jamoasi 1 o'yindan iborat uchrashuvda 4-0 hisobida yenggan edi Bunyodkorni. Al Ittifoq degan klubi bor edi. Adashmasam keyingi bosqichda Paxtakor shu jamoani 2-1 ga safarda yutib kelgandi. Geynrixlar o'ynar edi u tarkibda. Al Hilol Bunyodkorni kuchli tarkibini 3-0 ga yutgan edi. O'zicha arab klubi futbolchisi 3-0 paytida janglyor qilmoqchi bo'lganida bir futbolchimiz uchib borib to'pni tepib yuborgandi. Shunaqa tepgandiki arab futbolchisini oyog'ini chopib tashlaydigan darajada. Qo'rqib ketgandi raqib futbolchisi)))
   
21 noy 10:17:12
Bekzod Sharipov
Bu o'yinni tv dan ko'rgandim. Birinchi o'yinda Eronda yutamiz deb o'ylagandim. 2-2 bo'lgan. Eron jamoasi uyida kuchli qarshilik ko'rsatgandi. Al Ittihodni Toshkentda 3-0 yutgan o'yinimiz ham esimda. Hech qachon Ittihodni 3 to'p farqi bilan boshqa yuta olmaganmiz.
   
21 noy 10:00:09
Аббосхужа
Ҳамма голларни легионерлар урган эканда?
   
20 noy 23:49:07
best wishes
Qosimovni olib qolgan chempiin bulishi mumkin edi
   
20 noy 19:36:46
salom salom
Eron jamoalari bilan o'sha vaqtlar yurib o'ynab qoldirardi bizning jamoalar.
Hozir esa teskarisi
   
20 noy 18:58:14
Bek Bek
Xose Luis Vilyanueva sifatli hujumchi ekanini isbotlagandi oshanda.
   
20 noy 18:50:19
Azizbek Rustamovich
FK Barselona foydalanuvchining fikriga javob berish
Manimcha Trifunovich edi
U ham bir mavsum o‘ynagan xolosu
   
20 noy 17:17:49
FK Barselona
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Vilyanueva futbolimiz tarihidagi eng yaxshi transferlardan biri bo‘lsa kerak.
Manimcha Trifunovich edi
   
20 noy 16:53:05
Azizbek Rustamovich
Vilyanueva futbolimiz tarihidagi eng yaxshi transferlardan biri bo‘lsa kerak.
   
20 noy 16:49:29
Фарход
Хосе 1-чилардан харид эди. Тугри не за что Миржалол Косимовни бушатган эди .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика