"Bunyodkor"ning ikki rasmiy vakiliga nisbatan chora ko'rildi

Tolibjon Qosimov
15 avg 2020, 14:22
Coca Cola Superliga 9-turidagi qoldirilgan "Buxoro" – "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvida "Bunyodkor" klubining ikki rasmiy vakiliga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi.

Kecha o'yin oldidan ushbu vaziyat haqida "Championat.asia"da xabar chiqqan edi. Bugun esa PFL chora ko'rilganini e'lon qildi.

"Bunyodkor" murabbiyi Marat Miftaxutdinov PFL qarorini buzdimi?


"Bunyodkor" futbol klubi murabbiyi Marat Miftaxuddinov PZR testini topshirmasdan jamoa bilan bir avtobusda harakatlangani aniqlanib, COVID-19 pandemiyasi davrida Musobaqalar va mashg'ulotlarni tashkil etish Reglamentining 2.2.1 va 3.2.1 bandlarini buzgani uchun Marat Miftaxutdinov ikki uchrashuvga chetlashtirildi.

"Bunyodkor" futbol klubi massajchisi Rodion Sarichev PZR testini topshirmasdan jamoa bilan bir avtobusda harakatlangani, ruxsat berilmagan bo'lsa-da, futbolchilarning kiyim almashtirish xonasiga kirgani, omma oldida o'zini tutish qoidalariga rioya qilmagani aniqlanib, bu bilan COVID-19 pandemiyasi davrida Musobaqalar va mashg'ulotlarni tashkil etish Reglamentining 3.2.1-bandi hamda Intizom kodeksining 5.6 bandi talablarini buzani uchun Rodion Sarichev uch o'yinga chetlashtirildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz