"Bunyodkor"da nima gaplar?
29 dek 2021 14:17
Yangiliklar
"Bunyodkor"da nima gaplar?
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Bunyodkor" jamoasi qisqa muddatli tatilga chiqdi.
20 dekabr kuni boshlangan mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratildi. Mashg'ulotlar “Bunyodkor” akademiyasining “trenajer zali”da va maydonlarida o'tkazildi. Ayrim sabablarga ko'ra, bugun o'tkazilishi lozim bo'lgan nazorat uchrashuvi bekor qilindi va futbolchilarga yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olishlari hamda tayyorgarlikning asosiy bosqichi boshlanadigan yanvar oyidagi yig'inga qadar tatil berildi.
Avval xabar berganimizdek, yig'inda 2021 yilgi mavsumni “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan o'yinchilar qatnashdi. SHuningdek, yakunlangan yilni ijara asosida boshqa klublarda o'tkazgan klub tarbiyalanuvchilari ham jamoaga qaytib, tayyorgarlikning ilk bosqichini “Bunyodkor” bilan o'tkazdi.
Fikrlar