“Bunyodkor”da germaniyalik mutaxassis seminar o'tkazmoqda
18 jan 2016 15:28
Yangiliklar
“Bunyodkor”da germaniyalik mutaxassis seminar o'tkazmoqda
“Bunyodkor” futbol maktabida ayollar futboli mutaxassislari uchun navbatdagi, hisob bo'yicha uchinchi seminar o'tkazilmoqda.
Bungacha dekabr oyida Qarshi va yaqindagina Olmaliq shahrida mana shunday seminar tashkil etilgan edi.
Seminarni FIFA eksperti, UEFA “PRO” licenziyasi sohibasi, germaniyalik mutaxassis – Monika SHtab olib bormoqda. Ilmiy-amaliy seminar 14-24 yanvar kunlariga mo'ljallangan.
Monika SHtab yurtimizda hali uzoq vaqt bo'ladi. U “Bunyodkor”dagi seminardan so'ng futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi XII milliy chempionat bahslarining 1-tur uchrashuvlarini kuzatadi. Keyin esa vodiyga yo'l olib, Farg'ona shahridagi navbatdagi seminarni o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar