So’nggi yangiliklar

22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  5 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  2 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  5 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  6 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2

"Bunyodkor": “Yoshlar doim nazoratimizda!” Yangiliklar

"Bunyodkor": “Yoshlar doim nazoratimizda!”

O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi 2-tur doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Murod Otajonov OAV xodimlarining savollariga javob qaytarar ekan, “Yoshlar doim nazoratimizda!”, degan jumlani ishlatdi.

Boisi, shu kuni bir yo'la ikki nafar tarbiyalanuvchi, hali 18 yoshni qarshi olib ulgurmagan Narimon Ahmadjonov va Ulug'bek Kenjaev “Bunyodkor” safidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. 

Murod Nodirovich boshchiligidagi murabbiylar shtabi 2023 yilgi mavsum uchun tarkibni shakllantirishda tajribali futbolchilar bilan bir qatorda iqtidorli yoshlarga ham etibor qaratdi. Narimon Ahmadjonov va Ulug'bek Kenjaev shu etiborning samarasi deyish mumkin. Murabbiylar nafaqat o'rinbosarlar, balki O'zPFL va Toshkent futbol associaciyasi doirasidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha “Bunyodkor” jamoalarini to'liq kuzatib bormoqda. Jamoalar safidagi iqtidorli o'yinchilar asosiy tarkib mashg'ulotlariga taklif etilmoqda. So'zimizga yorqin misollardan yana biri, Amir To'raqulov. 2022 yilgi mavsumda hatto o'rinbosarlar tarkibida 1 daqiqa ham to'p surmagan iqtidorli yarim himoyachi O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi 1-tur doirasida “Neftchi”ga qarshi bahsda “qaldirg'ochlar” safidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. 

Vaholanki, mavsum avvalida “Bunyodkor”ning U-19 Respublika chempionatida ishtirok etadigan jamoasi uchun ro'yxatdan o'tkazilgan. To'raqulovning iqtidorini sezgan murabbiylar asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb qildi va bugungi kunda bosh jamoaning doimiy azosiga aylangan. Amir bu yil 19 yoshni qarshi oladi. O'rinbosarlar sardori Aleksandr Zevadinov ham muntazam ravishda akalari bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqda. SHuningdek, Bobur Yorbekov, Mirkamol Annamatov, Sudaysiy Jo'raboev, Mirsaid Tursunmatov va Abdufattoh Foziljonov singari iqtidorlar ham Murod Otajonov boshchiligidagi murabbiylar shtabining nazoratida bo'lib turishi bilan qatorda, asosiy tarkib mashg'ulotlariga taklif etilmoqda. Bemalol ayta olamizki, kelajak ishonchli qo'llarda. Bugun asosiy tarkibdagi akalarining ortidan kelayotgan iqtidorli yoshlar yaqin kelajakda “Bunyodkor”ning ustuniga aylanishadi. Va albatta bunda murabbiylarning uzoqni ko'zlab ish olib borayotgani asosiy omil desak mubolag'a bo'lmaydi.

“Bunyodkor” akademiyasi doimo bosh jamoa poydevori bo'lib qoladi!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика