So’nggi yangiliklar

18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  3 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  8 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4

"Bunyodkor" yana 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Bunyodkor" yana 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi

Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

“BUNYODKOR” – “AL NASR” 0:1

Gol: Adrian Mierjeevski 33.
22 aprel 2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00
Hakamlar:
Liu Kvok Man, CHeng Oi CHo, Lam Nai Kei Sam (barchasi Gonkong), Rovan Arumugxan (Hindiston)
Nazoratchi: Umar Abu Lum (Iordaniya)
Komissar: Jargal Sukxabaatar (Mo'g'uliston)

"Bunyodkor": 45.Akbar To'raev, 4.Hayrulla Karimov, 6. Anvar G'ofurov, 9. Minori Sato, 11. Mirzohid G'ofurov, 13. Ivan Miloshevich, 15. Obid Jo'raboev, 20. Samir Bekrich (17. Doston Hamdamov), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 39. Eldor SHomurodov (21. Sardor Rashidov 46), 40. Timur Ayupov (14. Vohid SHodiev).

Zaxira: 1. Pavel Bugalo, 8. Javlon Ibrohimov, , 16. Artyom Filiposyan,  48. Akramjon Komilov.

"Al-Nasr": 22. Abdulloh Alenazi, 2. Muhammad Hasan, 4. Umar Ibrohim, 7. Armando Vila, 8. Yahia Alshahri, 12. Holid Al Gamdi, 16. Abdulaziz Aljabrin, 24. Hussayn Sulaymoni, 26. SHaya SHarahili, 86. Adrian Merjeevski, 99. Hasan Alraheb

Zaxira: 3. Abdulloh Madu, 5. Ibrohim Al Davsari, 6. Ahmad Abbos, 10. Muxammad Al Sahlavi, 11. Fabian Estoyanoff, 29. Musab Bandar, 32. Husayn SHaian.

Ogohlantirishlar: Vila 14, G'ofurov 27, Karimov 81.

CHetlatish: G'ofurov 72.

 

 

90+6. Uchrashuv yakunlandi!

 

90+5. Merjeevskining xavfli zarbasini Akbar To'raev qaytarib qoldi.

 

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

 

89. Doston Hamdamov qoida buzdi.

 

88. O'zgarish. SHehri o'rniga Madu.

 

86. "Al-Nasr" 3 kishi bo'lib hujumga o'tdi, ammo ular bir-birini tushunmagani sabab gol ura olishmadi.

 

85. Muhammad Hasan o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, ammo hakam buni ko'rmay qoldi.

 

83. ZARBAAA!!!! Sardor Rashidov yana bir bor to'pni gavdasi bilan o'ziga to'g'irlab zarba berdi. Raqib darvozabonidan seyv.

 

81. Hayrulla Karimov sariq kartochka oldi.

 

78. Vohid SHodiev jarima maydonchasiga erlatib to'pni tashlab berdi, ammo jamoadoshlari bu to'pga qarshi chiqmadi.

 

76. Hayrulla Karimov hujumda raqibga qo'pollik ishlatdi.

 

73. O'yin to'xtatilgan. Darvozabonga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatyapti.

 

72. Qizil kartochka. Anvar G'ofurov janjallashgani uchun chetlatildi.

 

70. Sardor Sobirho'jaev darvozabon ushlab olgan to'pga behosdan zarba berdi va qoidani buzdi. Bu vaziyatda ikkala jamoa futbolchilari ham qizishib ketdi.

 

69. Sardor Rashidovning yo'llagan zarbasi noaniq.

 

67. O'zgarish. Vila o'rniga Sahlavi.

 

 63. O'zgarish. Timur Ayupov o'rniga Vohid SHodiev.

 

60. Rashidovning xavfli zarbasini darvozabon bir amllab qaytardi.

 

59. Aljebrin "Bunyodkor" futbolchisiga qo'pollik ishlatdi va "qaldirg'ochlar"da gol urish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi.

 

57. Qoida buzish bo'yicha hisob 9-8, "Bunyodkor" olinda.

 

56. O'zgarish. Alraheb o'rniga Estoyanoff.

 

55. O'zgarish. Bekrich o'rniga Hamdamov.

 

51. SARDOR RASHIDOVV!!! U gavdasi bilan to'pni o'ziga to'g'irlab, yana darvoza tomon zarba berdi. Al Enazi to'pni ilib olayotganda jarohat olgan ko'rinadi.

 

50. Timur Ayupov chap oyog'i bilan raqib darvozasini nishonga oldi va to'p darvoza to'siniga tegdi.

 

48. Sardor Rashidov maydonga tushiboq ilk zarbasini berdi va bu zarbani darvozabon qaytarib qoldi.

 

O'zgarish. Eldor SHomurodov o'rniga Sardor Rashidov.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

 

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.

 

- O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir jamoa "Paxtakor" ayni damda "Naft Tehron" bilan bahs yurityapti.

Birinchi bo'lim yakunlandi! Hisob 0:1

 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

 

45. Mirzohid G'ofurov Bekrich tashlab bergan to'pga juda kech zarba berdi va burchak to'pi.

 

44. Eldor SHomurodov boshini shikastlab olgan ko'rinadi. Unga maydon tashqarisida shifokorlar yordam ko'rsatishyapti.

 

41. "Qaldirg'ochlar"ning hujumlari hozircha besamar yakun topmoqda.

 

39. Sato Minori uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. CHap oyoq bilan berilgan zarba noaniq.

 

37. SHaya chap qanotdan jarima maydonchasidagi jamoadoshiga to'pni etkazib berdi, Vilaning zarbasi noaniq.

 

36. Obid Jo'raboev uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. Noaniq.

 

33. GOL! Adrian Mierjeevski o'z jamoasining kombinacion hujumini chap oyog'ida bergan zarbasi bilan yakunladi.

 

28.ZARBAAA!!! AYUPOVV!!!! Temur Ayupovning bosh bilan bergan zarbasini raqib darvozaboni bir amallab qaytarib qoldi.

 

27. Sariq kartochka. Anvar G'ofurov.

 

24. Hayrulla Karimov raqib qarshi hujumga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.

 

23. Hammasi joyida, Akbar To'raev soppa-sog'.

 

22. Akbar To'raev raqibning havolatib etkazgan to'pini urib yuborayotib maydonga noqulay yiqildi. Uchrashuv to'xtatildi.

 

21. Miloshevich SHayaning kuchli zarbasini tanasi bilan qaytarib qoldi.

 

19. "Al-Nasr" futbolchilari qanotlardan hujumga o'tishga urinmoqda, ammo "qaldirg'ochlar" himoyachilari bunga yo'l qo'ymayapti.

 

16. Obid Jo'raboev o'ng qanot yaqinida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. O'yinga kiritilgan standartda Vila ofsaydda qolib ketdi.

 

14. Sariq kartochka. Armando Vila.

 

13. Bekrich Eldor SHomurodov raqibdan olib qo'ygan to'pga chap oyog'i bilan zarba berdi. Bu safar ham noaniq.

 

12. Bekrichning darvozadan 26 metr uzoqlikdan yo'llagan zarbasi noaniq.

 

9. "Al-Nasr" futbolchisi maydon markazida Bekrichni to'xtatib qoldi. Qoidabuzarlik.

 

7. Mezbonlar o'ylagan hujum burchak to'pi bilan yakunlandi. Samio Bekrich to'pni yuqoridan etkazib berdi, ammo yana himoyachilar hujumni bartaraf etdi.

 

5. "Bunyodkor" aldamchi harakatlar bilan to'pga zarba berdi. Obid Jo'raboevning yo'llagan zarbasi o'z jamoadoshiga tegdi va o'yindan tashqari holat.

 

4. SHarahili o'z darvozasidan 25-30 metr uzoqlikda Minorini to'xtatib qoldi. Qulay standart vaziyat.

 

2. Sato o'ng qanotdan jarima maydonchasiga to'pni tashlab berdi, ammo mehmon jamoa himoyachilari xavfni bartaraf etdi.

 

1. Uchrashuv boshlandi.

 

- Bayram ustiga bayram. Bugun "Qaldirg'ochlar" sardori Hayrulla Karimvoning tug'ilgan kuni va saytimiz nomidan uni tabriklaymiz.

- Anvar G'ofurov va Hayrulla Karimov bugun "Bunyodkor" safida o'zining 200 uchrashuvini o'tkazishadi.

- Ikkala jamoa ham maydonga chiqib keldi.

- Bugun mehmonlar noananaviy libosda to'p tepadi. Bu libos ko'proq xarbiylarni eslatib yuboradi.

- Osiyo CHempionlar ligasining barcha guruh jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun "Bunyodkor" stadionida Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari qatoridan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al-Nasr" o'yini bo'lib o'tadi. "Qaldirg'ochlar" keyingi bosqchiga chiqish yo'llanmasidan mosuvo bo'lganiga qaramay, ayni damda muxlislar "Bunyodkor", "Bunyodkor" deya hayqirishmoqda. Toshkentliklar bugun hech qanday bosimsiz maydonga tushadi.


- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика