So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  0 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

“Bunyodkor” Xorvatiyaga boradi Yangiliklar

“Bunyodkor” Xorvatiyaga boradi

Teglar :  Bunyodkor
Kuni kecha Xorvatiya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha elchisi Refik SHabanovich “Bunyodkor” futbol klubi mehmoni bo'ldi.

Deyarli ikki oylik muzokaralardan so'ng poytaxtimizga tashrif buyurgan martabali mehmonni “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug'bek Mirzaev va bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov kutib oldilar. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida futboli rivojlanish istiqbollari jihatidan O'zbekistonga yaqin bo'lgan Xorvatiyaning ish uslubini o'rganish, Xorvatiyaning so'nggi o'n yillikda amalga oshirgan shiddatli o'zgarishlari, akademiyalarida tarbiyalangan iqtidorli o'yinchilar Angliya, Franciya, Italiya, Ispaniya, Germaniyada raqobatlashish darajasiga chiqqani misol tariqasida bayon qilingan. Aytish kerak, Refik SHabanovichni “Bunyodkor” futbol klubiga taklif etilishi davlatimiz rahbarining ushbu farmoni ijrosi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlardan navbatdagisi deyish mumkin.

Martabali mehmon tashrifi davomida “Bunyodkor” stadionini va muzeyini ko'zdan kechirdi. SHuningdek, o'zaro aloqalarni mustahkamlash bo'yicha uchrashuv o'tkazildi. “Sport va madaniyatdan boshqa soha xalqlarni bir-biriga bunchalik tez yaqinlashtira olmaydi”, - dedi uchrashuv davomida Refik SHabanovich hamda jamoamiz bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha amaliy harakatlar sari dadil qadam tashlab berdi. Xususan, 2022 yildagi milliy terma jamoalarning FIFA kunlarida Xorvatiyaning mashhur klublari – “Dinamo” (Zagreb) yoki “Xayduk” (Split) o'rtoqlik uchrashuvi uchun Toshkentga tashrif buyurishi bo'yicha muzokaralar boshlab yuborildi. Elchining so'ziga ko'ra, “Bunyodkor” o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha ikki-uch xil variantdagi muddatlarni malum qilsa, Xorvatiya tomon bu sanalarni o'rganib chiqishini takidladi. Qolaversa, “Bunyodkor” asosiy jamoasi yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Xorvatiyada o'tkazishi bo'yicha ham so'z bordi. Jumladan, yig'inni shundoqqina Xorvatiyaga tutash Adriatika dengizi qirg'oqlarida joylashgan dam olish maskanlarida o'tkazish masalalari ham muhokama qilindi. Malumot o'rnida aytish kerak, aholisi to'rt milliondan ziyodroq mamlakatga bir yilda 21 millionga yaqin turistlar tashrif buyurishi, mehmonlarning deyarli barchasi Adriatika dengizi sohillarida dam olishni xush ko'rishlari butun dunyoga malum.

Takidlaganimizdek, Refik SHabanovich bu kabi uchrashuvlarda o'rtaga qo'yiladigan masalalar hayotga ko'chishi uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Xususan, “Bunyodkor” akademiyasining ikki-uch xil yosh toifasidagi jamoalari 2022 yili o'tkaziladigan ananaviy “Dalmatinko Cup” turniriga rasmiy taklif oldilar. 2022 yilning 2-15 iyun kunlari bo'lib o'tadigan turnirda 13-18 yoshdagi o'smirlar jamoalari qatnashadi. 2022 yilgi musobaqaga “SHturm” (Avstriya), “Sabah” (Malayziya), “Olimpiya” (Sloveniya), “Jeleznichar” (Bosniya), “Rieka” (Xorvatiya), “Spartak” (Serbiya), “Karpati” (Ukraina), “Okjetpes” (Qozog'iston) kabi jamoalar taklif etilishgan.

“Xorvatiyadek futboli rivojlangan yurt bilan “Bunyodkor”ning hamkorlikni yo'lga qo'yilishi bu juda katta loyiha deb o'ylayman. Albatta biz loyihaga tish-tirnog'imiz bilan qattiq yondoshamiz hamda O'zbekiston-Xorvatiya futbol hamkorligini chiroyli va yuqori darajaga olib chiqishga bel bog'lab harakat qilamiz. 2022 yil o'zbek futboli muxlislarini xursand qilgan holda Toshkentda Xorvatiyaning etakchi klublarining biri bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. 

Malumki, “Dinamo” va “Xayduk” jamoalarining akademiyalari rivojlanganligini barcha biladi. Nasib qilsa, “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini Xorvatiyaga jo'natib, malaka oshirishlarini taminlash bo'yicha ham ish olib boramiz. O'ylaymanki, “Bunyodkor”ning Xorvatiya bilan o'zaro hamkorligi o'zbek futbolining yutug'iga aylanadi va milliy terma jamoamizga iqtidorli o'yinchilar etishib chiqishiga zamin yaratadi”, deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug'bek Mirzaev. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика