"Bunyodkor": Xorijlik murabbiy va futbolchilarga qo'yilgan taqiq olib tashlandi
19 fev 2021 12:23
Yangiliklar


"Bunyodkor": Xorijlik murabbiy va futbolchilarga qo'yilgan taqiq olib tashlandi
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasining tegishli qo'mitasi qaroriga ko'ra, O'zbekiston Professional futbol ligasi 5 fevral kuni "Bunyodkor" va bir qator klublarga 2021 yilgi mavsumda legioner futbolchilar hamda murabbiylarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygan edi.
"Musobaqalarni o'tkazish reglamenti"ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta xorijlik o'yinchini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov amalga oshirishi belgilangan. Kuni kecha "Bunyodkor" futbol klubi 2019-2020 yilgi mavsumlarda jamoa sharafini himoya qilgan legionerlar uchun amalga oshirilmagan to'lovlarni O'zPFLning hisob-raqamiga o'tkazib berdi. SHunga ko'ra, O'zPFL "Bunyodkor"ga qo'yilgan taqiqni olib tashladi va endi jamoa bemalol xorijlik futbolchi yoki murabbiyni 2021 yilgi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar