So’nggi yangiliklar

16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  2 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17

"Bunyodkor-W" O'zbekiston Superkubogi sohibi Yangiliklar

"Bunyodkor-W" O'zbekiston Superkubogi sohibi

Teglar :  Bunyodkor-WSevinch
13 aprel kuni ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi o'yini bo'lib o'tdi.

Unda o'tgan yilgi chempionatda kumumsh medallarni qo'lga kiritgan “Sevinch” klubi amaldagi chempion “Bunyodkor-W”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv murosasiz va keskin kurashlar ostida o'tdi. Jamoa dastlabki bo'limning 39-daqiqasida hisobda oldinga o'tib oldi, ajoyib kombinaciyadan so'ng Malika Burxonova raqib darvozasini ishqol qildi. Birinchi bo'lim deyarli mezbonlar ustunligida o'tdi. Ularning hisobni tenglashtirish uchun ko'plab uyushtirgan hujumlari besamar ketdi.

Ikkinchi bo'lim yanada keskin davom etdi. "Sevinch" futbolchilarining ozroq sustkashligi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborishiga sabab bo'ldi. “Bunyodkor W” jamoasining golini 56-daqiqada Lyudmila Karachaik urdi.

SHunday qilib, uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi, 1:1. Navbat qo'shimcha bo'limlarga keldi. Bu qo'shimcha taymlarda ham hisob o'zgarmadi. Natijada, g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi va “futbol lotoreyasi”da “Bunyodkor W”  jamoasiga omad kulib boqdi. Ular 4:3 hisobida g'alaba qozonib, qatorasiga uchinchi marta Superkubokka egalik qilishdi.

O'zbekiston ayollar Superkubogi-2021

“BUNYODKOR W” – “SEVINCH”  1:1 (0:1, 1:1, 0:0)

13.04.2021.Olmaliq sh., “OKMK” SM. 16:30da. 120 tomoshabin 

Gollar: Malika Burxonova, 39’-0:1, Lyudmila Karachik, 56’-1:1

Penaltilar seriyasi: 3:4 

Bosh hakam: Edita Mirobidova

Qanot hakamlari: Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Zaxira hakami: Roziyabonu Yusupova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Nigora Abidova 

“Bunyodkor W”: 1.Olga Kaxarova, 18.Yulduz Nabieva, 32.Luiza Sadirova (s), 36.Dilrabo Asadova, 45.Kamola Riskieva, 54.Umida Zoirova, 73.Saida Galimova, 76.Sogdiana Allamuradova (53.Dildora Nozimova, 46), 78.Lyudmila Karachik, 91.Gulchexra Eshmamatova (33.Nozima Ergasheva, 70), 92.Marina Kosnikova.

Zaxira: 23.Zarina Saidova, 39.Ilvina Ablyakimova, 43.Zuxra Berdieva, 47.Nozima Kamoltoeva, 74.Ziyoda Irisboeva. 

“Sevinch”: 16.Maftuna Jonimqulova, 7.Laylo SHodieva, 9.Maftuna SHoyimova, 10.Ana Alekperova, 15.SHoira Qulturaeva (21.SHaxrizoda Zaynitdinova, 89), 17.SHodiya Tosheva, 27.Feruza Boboxo'jaeva, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova, 97.Laylo Tilovova (s).

Zaxira: 1.Sevara Nurullaeva, 12.Nilufar Baxtiyarova. 

Ogohlantirishlar: Lyudmila Karachik (38), Sogdiana Allamurodova (45+2), Kamola Riskieva (87) – Laylo SHodieva (78), Maftuna SHoyimova (87), SHaxrizoda Zaynitdinova (98).



Foto: Alimurod Mamadaminov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика