So’nggi yangiliklar

16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  0 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  24 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  3 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  15 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  12 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3

Bunyodkor vakillari Prezidentni yod etishdi Yangiliklar

Bunyodkor vakillari Prezidentni yod etishdi

Teglar :  Bunyodkor
Bunyodkor futbol klubida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Bunyodkor futbol klubida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda futbol klubi va Bunyodkor stadioni xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Islom Abdug'anievichning hayoti va faoliyati yodga olindi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, tinchlik va totuvlik, sportimiz rivoji yo'lidagi ko'rsatgan fidoyiligi haqida so'zlab, u kishining vafoti Vatanimiz va xalqimiz uchun nihoyatda og'ir yo'qotish ekani chuqur qayg'u bilan takidlandi. Prezidentimiz nafaqat siyosat va iqtisod, boshqa sohalarda ham chuqur bilim sohibi edi. Xalqimizga ana shunday buyuk inson bosh bo'lgani – bizning baxtimiz.

Prezidentimizning sportimizni yuksaltirish borasida ko'rsatgan g'amxo'rliklarini alohida takidlash joiz. 1993 yil 18 martda futbolni rivojlantirish to'g'risida imzolangan hujjat bu boradagi dastlabki poydevor bo'ldi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasiga bevosita rahbarlik qilgan yurtboshimiz sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish uchun barcha ishga bosh-qosh bo'lganlari diqqatga sazovor. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha viloyatlarida zamonaviy talablarga javob beruvchi stadionlar foydalanishga topshirildi. Ularning eng muhtashami, shubhasiz, Bunyodkor stadionidir. Arenamizning tantanali ochilish marosimida Islom Abdug'anievich Karimov shaxsan ishtirok etib, so'zga chiqqanlari umrbod yodimizda saqlanadi.

Uch bosqichli tizim – Umid nihollari, Barkamol avlod va universiadalarda saralangan yorqin istedod sohiblari endilikda eng nufuzli xalqaro musobaqalarda mustaqil O'zbekiston shanini munosib himoya qilishmoqda. Avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan yozgi olimpiya o'yinlarida istiqlol voyaga etkazgan sportchilarimiz to'rtta oltin, ikkita kumush va ettita bronza medaliga sazovor bo'lishgani Islom Karimov mehnatlari mahsuli sifatida baholanmog'i darkor.

Yurtboshimiz Islom Abdug'anievich Karimovni nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar ham mustaqilligimiz memori sifatida yuksak qadrlaydi. Prezidentimiz buyuk davlat asoschisi, sport va sog'lom turmush tarzining jonkuyari sifatida tarixda qoladi. Biz prezidentimizning o'gitlariga og'ishmay amal qilishimiz, boshlagan islohotlarini munosib davom ettirib, O'zbekiston dovrug'ini yuksaklarga ko'tarish yo'lida fidoyilik ko'rsatishimiz shart. SHunda qadrli Yurtboshimizning ruhlari shod bo'ladi.

Bunyodkor futbol klubi vakillari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Klub mutasaddilari, murabbiylar va futbolchilar Prezidentimiz portreti poyiga gullar qo'yishdi.

Elimiz baxti, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashagan ulug' zot Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика