So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni - Superligada 1-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni - Superligada 1-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 1-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-turning eng yaxshi darvozaboni – Sardor Qobuljonov ("Xorazm")

Uzoq muddatli tanaffusdan keyin Superligaga qaytgan "Xorazm" mavsumni "Sho'rtan"ga qarshi bahs bilan boshladi va ishonchli g'alabaga erishdi - 2:0. O'yin davomida mezbonlar posboni Sardor Qobuljonov ikkinchi taymda kamida 3 marta o'z jamoasini muqarrar gollardan qutqardi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Shu tariqa 38 yoshli Qobuljonov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" mavsumni o'z maydonida chempionlikka asosiy davogarlardan biri bo'lgan Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi o'yin bilan boshladi va durang qayd etdi - 2:2. Bu yil boshidan Ilyos Zeytullaev rasman "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyiga aylandi va uning jamoasi "Neftchi" bilan durang qayd eta oldi. Uchrashuv davomida mag'lubiyatga uchrab turib, yakunda durangga erisha olgan Ilyos Zeytullaev turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-turning eng yaxshi futbolchisi – Sardor Qobuljonov ("Xorazm")

38 yoshli Sardor Qobuljonov dastlabki turda nafaqat turning eng darvozaboni balki eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi. Uning seyvlari bo'lmaganida "Xorazm" 6 ochkolik o'yinda yuta olmasligi mumkin edi. Jahon futbolida darvozabonlarga u qadar ko'p etibor berilmaydi, championat.asia sayti esa Sardor Qobuljonovni tur futbolchisi deb topdi!  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-turning eng chiroyli goli muallifi – Itsuki Urata ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" chap qanot himoyachisi Itsuki Urata 1-turda "Neftchi"ga qarshi bahsda ajoyib gol muallifiga aylandi. U jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi. Turning markaziy o'yinida Urata tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.




 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика