“Bunyodkor” Toshkentga qaytib keldi
17 jan 2015 18:03
Yangiliklar


“Bunyodkor” Toshkentga qaytib keldi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAAda o'tgan yig'inni yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
“Qaldirg'ochlar” BAAda 5-17 yanvar kunlari mashg'ulotlar olib borishdi. Sergey Lushan shogirdlari ushbu yig'in doirasida jami 4ta nazorat uchrashuvida ishtirok etishdi. Ilk uchrashuv Niderlandiyaning “Feyenoord” klubiga qarshi o'tib, unda 1:1 hisobi qayd etildi. Ikkinchi uchrashuvda esa “Bunyodkor” mahalliy “Al-SHabab” klubini 5:0 hisobida tor-mor etdi. Uchinchi uchrashuvda Eronning dongdor klubi “Piruzi”ga imkoniyat boy berildi – 1:3. Va nihoyat “qaldirg'ochlar” Toshkentga qaytish arafasida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldilar.
Endi mashg'ulotlar 25 yanvarga qadar poytaxtimiz Toshkentda olib boriladi. 26 yanvardan yig'in Turkiyaga ko'chadi.
Endi mashg'ulotlar 25 yanvarga qadar poytaxtimiz Toshkentda olib boriladi. 26 yanvardan yig'in Turkiyaga ko'chadi.

Fikrlar