"Bunyodkor" tojikistonlik yosh futbolchiga qiziqmoqda
05 dek 2022 18:38
Yangiliklar
"Bunyodkor" tojikistonlik yosh futbolchiga qiziqmoqda
Yangi mavsum oldidan Superliga klublari tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish maqsadida muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Jumladan, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi 2003 yilda tug'ilgan tojikistonlik hujumchi Salam Ashurmamadovga qiziqmoqda.
19 yoshli futbolchi ushbu mavsum "Istiqlol" safida 17 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar