"Bunyodkor" tarixda ilk bor o'z maydonida "Buxoro"ga mag'lub bo'ldi
28 avg 2023 07:52
Yangiliklar


"Bunyodkor" tarixda ilk bor o'z maydonida "Buxoro"ga mag'lub bo'ldi
Kecha Superliganing 18-turida Toshkentda "Bunyodkor" va "Buxoro" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.
Kurashlarga boy o'tgan o'yinda omad mehmonlarga kulib boqdi, deya olamiz. SHohruz Norxonovning so'nggi daqiqalarda urgan goli "Buxoro"ga g'alaba keltirdi, 2:1. SHu tariqa "Buxoro" o'z tarixida ilk bor Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi. "Qaldirg'ochlar" o'z maydonida ko'hna shahar jamoasiga qarshi 15 marotaba maydonga chiqqan, 2 bor durang o'ynagan va 12ta uchrashuvda g'alaba qozongan.
"Bunyodkor" o'z maydonida 5 yildan beri "Buxoro"ni mag'lub eta olmayapti. Poytaxt klubi so'nggi marotaba 2018 yil Mirjalol Qosimov boshchiligida Ulug'bek Bakaev jamoasi ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan.
"Buxoro" o'zaro o'yinlardagi so'nggi g'alabasini aynan Bakaev qo'l ostida 2017 yil qo'lga kiritgan (4:2)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar