So’nggi yangiliklar

16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  0 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  2 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  6 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  7 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari “SuperMokh Cup 2015”ni g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari “SuperMokh Cup 2015”ni g'alaba bilan boshlashdi

Teglar :  SuperMokh Cup 2015
Avval xabar berib o'tganimizdek, Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida 2002 va 2003 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida “SuperMokh Cup 2015” deb nomlangan musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Bugun turnirning birinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, har ikkala yosh toifasida ishtirok etayotgan jamoalarimiz musobaqani g'alaba bilan boshladilar.

Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev ustozligidagi 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz Filippinning “Spears” jamoasi darvozasiga javobsiz ettita to'p kiritishdi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Ispaniyaning “Rayo Valekano” va Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” jamoalari tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-13. 7 dekabr
“S” guruhi. 1-tur
12:10. Kuala-Lumpur futbol akademiyasi stadioni
“BUNYODKOR” – “SPEARS” (Filippin) 7:0 (4:0)
Gollar
: Otabek Jo'raqo'ziev 3ta, SHohjahon Ibrohimov 3ta, Jasurbek Jaloliddinov
“Bunyodkor” tarkibi: 25.Mo'minmirzo Qodirov, 3.Lyubomir Bondarenko, 4.Diyorbek Rahimqulov, 7.Jasurbek Jaloliddinov, 9.Abdurauf Bo'riev (S), 10.SHohjahon Ibrohimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Abrorbek Neymatov, 16.Sardor Abdurashidxo'jaev, 17.Jasurbek Abdulekov, 19.Farruhbek Xojibekov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Gleb Xarin, 2.Abdul-Aziz Ilyasov, 6.Jo'rabek Rixsiboev

“Bunyodkor” U-13 jamoasi ertaga 2-tur uchrashuvlari doirasida Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv “SHoh Alam” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 09:00da (Toshkentda 06:00 bo'ladi) boshlanadi.

-------------------

Furqat Samegov va Alisher Ibrohimov boshchiligidagi 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz ham turnirni g'alaba bilan boshladilar. Vakillarimiz Janubiy Koreyaning “Paju” futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda MSS (Malayziya) jamoasi Tailandning “Buriram Yunayted” tarbiyalanuvchilaridan 2:0 hisobida ustun keldi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-12. 7 dekabr
“A” guruhi. 1-tur
12:10. “Maybank” futbol akademiyasi. “A” maydoni
“PAJU” (Janubiy Koreya) – “BUNYODKOR” 0:1 (0:1)
Gol:
Po'latxo'ja Xoldarxonov
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Xumoyunshox Sayyotov (S), 4.Sardor Dusebaev, 6.Xusan Mo'minov, 8.Po'latxo'ja Xoldarxonov, 13.Usmonjon Ravshanov, 14.Mustafo Abdumannopov, 16.Usmonali Abdukarimov, 17.Diyorbek Odiljonov, 20.Oybek SHomurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 2.Konstantin Usov, 3.Zufarjon Abdubannopov, 5.Bahodir Toxirov, 7.Ibrohimbek Bahodirov, 9.Saidmurod Karimov, 15.O'tkirbek Rahimov, 18.Umarali Rahmonaliev, Umidbek Sultonov

“Bunyodkor” U-12 jamoasi 2-tur doirasida mahalliy MSS jamoasi bilan bellashadi. Bu uchrashuv “Maybank” futbol akademiyasining “V” maydoni mahalliy vaqt bilan soat 08:30da (Toshkentda 05:30 bo'ladi) boshlanadi.

Ushbu HAVOLAga o'tgan holda “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining “SuperMokh Sup 2015” musobaqasidagi suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика