“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari bu safar “SSHI-2”dan ustun kelishdi
14 iyu 2015 17:41
Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari bu safar “SSHI-2”dan ustun kelishdi
Futbol klubi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Toshkent shahar birinchiligining navbatdagi turida “Bunyodkor-A” o'z uyida “SSHI-2”ning turli yoshdagi jamoalarini qabul qildi.
Kunning dastlabki o'yinida “qaldirg'ochlar”ning 2003 yilgi futbolchilari o'z tengqurlari bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Ulardan bir yosh kattalar bahsida esa mehmonlarning qo'li baland keldi – 0:1. Qolgan bellashuvlarda maydon egalari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Jumladan, 2001 yilda tavallud topganlar qarama-qarshiligida “Bunyodkor-A” raqiblari darvozasini 6 marta ishg'ol qilgan bo'lsa, o'z postidan 2 ta to'p olib chiqdi. 15 yoshlilar qarama-qarshiligida mezbonlar tengdoshlarini 2 gol farqi bilan mag'lubiyatga uchratdi – 3:1. Oxirgi bellashuvda akademiya tarbiyalanuvchilarining eng katta yosh toifasidagi futbolchilari maydonga chiqishdi. Bu uchrashuvda mezbonlar “SSHI-2”dan har tomonlama ustun ekanliklarini ko'rsatishdi. Hisobdan o'yin qanday kechganligini tushunib olish qiyin emas – 12:1.
Yakshanba kuni o'tkazilgan bahslarda “qaldirg'ochlar” 1 ta durang, 1 mag'lubiyat va 3 ta g'alabaga erishishdi. To'plar farqi esa 23:7.
2003 yil
“Bunyodkor-A”-“SSHI-2” 2:2
2002 yil
“Bunyodkor-A”-“SSHI-2” 0:1
2001 yil
“Bunyodkor-A”-“SSHI-2” 6:2
2000 yil
“Bunyodkor-A”-“SSHI-2” 3:1
1999-98 yillar
“Bunyodkor-A”-“SSHI-2” 12:1
Tomonlar birinchi bosqichning 5-turida to'qnash kelishgan va o'shanda “SSHI-2” o'z uyidagi bellashuvlardan faqatgina 1 ta durang ishlab olgan xolos. Qolgan barcha uchrashuvlarda bunyodkorchilar zafar quchishgan.
Quyida birinchi bosqichdagi o'zaro o'yinlarning natijalari:
2003 yil
“SSHI-2”-“Bunyodkor-A” 0:2
2002 yil
“SSHI-2”-“Bunyodkor-A” 0:2
2001 yil
“SSHI-2”-“Bunyodkor-A” 0:2
2000 yil
“SSHI-2”-“Bunyodkor-A” 1:1
1999-98 yillar
“SSHI-2”-“Bunyodkor-A” 0:3

Fikrlar