So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  0 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

"Bunyodkor" stadionidagi ikkita bahs "Do'stlik Arena"ga ko'chirildi Yangiliklar

"Bunyodkor" stadionidagi ikkita bahs "Do'stlik Arena"ga ko'chirildi

SHu yilning 5-sentyabr sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida KXDR termasini qabul qiladi.

Bellashuvga Bunyodkor arenasi mezbonlik qiladi. 


Xabaringiz bor, yozning chillasidan chiqish Bunyodkor uchun og'ir kechdi. Ayni vaqtda stadion parvarishi uchun masul tashkilotlar sentyabr oyiga qadar vaziyatni o'nglash ustida ishlamoqda. Atrofi tribunalar bilan to'liq o'ralgan stadionlar maysasi avgust oyining so'nggi 10 kunligiga kelibgina o'zini tiklashni boshlaydi. Bir yil muqaddam Bobur arena foydalanishga topshirilayotgan vaqtda ham shunday muammo kuzatilgan, vaziyat sentyabrga kelib o'nglangandi. 


O'zbekiston milliy terma jamoasining mundialga yo'llanma olishi uchun barcha ish amalga oshirib kelinmoqda. Bunda kuz oyidagi rasmiy o'yinlar davomida stadionning holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHuni inobatga olgan holda Associaciya, Liga va Superliga klublari o'zaro kelishgan holda 17-turning Bunyodkor arenada o'tishi kerak bo'lgan ikki uchrashuvini istisno tariqasida Do'stlik stadioniga ko'chirishga qaror qildi. Endilikda O'zFHM mazkur arenada VAR texnikasi ishlashi yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirishga kirishadi.


SHu tariqa "Lokomotiv" — "Qizilqum" bellashuvi 24-avgust kuni, "Bunyodkor" — OKMK uchrashuvi esa 27-avgust kuni "Do'stlik" stadionida o'tadigan bo'ldi. Liga “Sport” telekanali bilan mazkur o'zgarish yuzasidan kelishuvni amalga oshirgach, uchrashuvlar vaqti masalasida bir to'xtamga kelinadi.


O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Olmaliqqa ko'chirsak bo'lmaydimi?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика