So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Bunyodkor" stadionida Parij yo'llanmasi uchun saralash bahslari bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Bunyodkor" stadionida Parij yo'llanmasi uchun saralash bahslari bo'lib o'tdi

Teglar :  Kiberfutbol
29 sentyabr kuni "Vitrual Football" kompaniyasi kiberfutbol bo'yicha Parijda bo'ladigan jahon chempionati uchun O'zbekiston Respublikasi saralash bahslarini o'tkazdi.

Tonggi soat 10:00 da barcha kiberfutbolchilar "Bunyodkor" arenasida yig'ilishdi va tashkilotchilar musobaqaga qura tashlashdi. 8 nafar ishtirokchidan iborat 8 ta guruh yaratildi va o'sha guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan 1-4-o'ringacha joy egallagan ishtirokchilar pley-off bosqichiga chiqishi kerak edi.


Guruh o'yinlari paytida FIFA referisi, jahon chempionatlari rekordchisi Ravshan Ermatov tashrif buyurdi. Musobaqa tashkilotchisi Azizbek Pattaxov FIFA hakamiga musobaqa reglamenti haqida biroz tushuncha berdi.


Ravshan Ermatov ushu o'yinlarni biroz kuzatdi va kiberfutbolchilar bilan esdalik uchun suratga tushdi.





Keyinroq "Bunyodkor" stadionida yaratilgan maxsus studiyada Ravshan Ermatov, sharhlovchi Yoqubjon Bobojonov, kiberfutbolchi Abdusapi Qayumov, "Lokomotiv" klubi hodimi Mamur Mamadaliev va Azizbek Pattaxov ishtirokida kichik ko'rsatuv tayyorlandi.

Musobaqa tashkilotchisi Azizbek Pattaxov PCFL (Professional Cyber Football League) va kiberfutbol haqida yig'ilganlarga malumot berdi.


"Vitrual Football" kompaniyasining bu ishlaridan maqsad - 18 yoshdan oshgan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, o'zbekistonlik kiberfutbolchilar uchun mahalliy liga tashkil etib, ularning darajasini oshirib borishdir. Ushbu ishlarimizga yuqori baho bergan ESWC (Electronic Sports Wolrd Cup) tashkilotchilari O'zbekistonni jahon chempionatiga taklif qildi. Bizga joy ajratgan ESWCga minnatdorchilik bildiraman" - deydi Azizbek Pattaxov.


FIFA hakam o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Yildan-yilga futbol turlari ko'payib bormoqda. Kiberfutbol yurtimizda rivojlanishidan mamnunman. Bunday musobaqalarning taqdirlash marosimlariga ko'p marotaba tashrif buyurganman. Ushbu virtual futbol o'yinlarining foydali tomonlari ham bor deb o'ylayman. Masalan, murabbiylar taktika borasida turli usullar o'ylab topishi va ularni o'yinlarda sinab ko'rishi mumkin. SHu bilan birga, o'yin hakamlarga ham yordam berishi mumkin.


Ushbu musobaqa ishtirokchilariga omad tilayman. Turnir g'olibi Parijdagi musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi degan umiddaman" - deydi Ravshan Ermatov.

"UzReportTv" telekanilida futbol o'yinlarini sharhlayotgan Yoqubjon Bobojonov o'yindagi suniy sharh haqida to'xtaldi.

"O'yinning rus tilidagi talqinida rossiyalik sharhlovchilar ovozi mavjud. Ular hech bir tomonga yon bosmaydi va tizim orqali ko'rsatilgan joyda ularning kerakli ovozlari yangraydi. Bu sharhni haqiqiy futbol o'yinidagi sharhga tenglashtirib bo'lmaydi. CHunki futbol o'yinida hamma narsa yuz berishi mumkin, ammo kiberfutbolda har bir vaziyat uchun belgilangan sharh bor.


Havaskorlar kiberfutbolni sharhlab ko'rishlari kelajakda ularga katta yordam berishi mumkin" - deydi Yoqubjon Bobojonov.

Ushbu fikrlardan so'ng turnirning markaziy o'yinlaridan biri bo'lib o'tdi va bahsni studiyada o'tirgan barcha katta qiziqish bilan tomosha qildi.


Ko'rsatuv yakunida Ravshan Ermatov kiberfutbolchilarning ko'rsatkichlarini yozish marosimida ishtirok etdi va o'sha malumotlar ostiga o'z dastxatini qo'ydi.


Ko'rsatuv yakunlanganidan so'ng, turnir o'yinlari davom etdi. Kutilmaganda O'zbekiston chempioni, jahon chempionati ishtirokchisi, "Lokomotiv" kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov pley-off bosqichida mag'lubiyatga uchradi va mag'lublar to'riga tushib ketdi. Ammo tajribali o'yinchi bor kuchini ishga solib musobaqaning grand-finaligacha etib bordi.

Muhammadamin Turg'unboev ("Bunyodkor") guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi va pley-off bosqichida barcha raqiblarini mag'lub etib, u ham grand-finalga chiqdi. Ammo hal qiluvchi bahsdan oldin kutilmagan voqea sodir bo'ldi...

Kiberfutbol bo'yicha bir necha marotaba O'zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalar g'olibi, jahon chempionati ishtirokchisi Abdusapi Qayumov yoshlarga yo'l berish, ularni qo'llab-quvvatlash niyatida grand-finalda ishtirok etishdan bosh tortdi va Muhammadamin Turg'unboev Parijda bo'ladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Turnir sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Musobaqada kuchli sakkizlikka kirgan kiberfutbolchilar PCFLning oliy liga o'yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика