So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Bunyodkor" stadioni yana o'z nomi bilan atalishi mumkin, direktor ham o'zgaradi Yangiliklar

"Bunyodkor" stadioni yana o'z nomi bilan atalishi mumkin, direktor ham o'zgaradi

Yurtimizdagi bosh arenalardan biri hisoblanadigan "Bunyodkor" stadioni oxirgi vaqtlarda "Milliy" deya nomlanib kelinayotgandi.

Garchand stadionga "Milliy" nomi osib qo'yilgan bo'lsada, hujjat va muxrlarda rasman hamon "Bunyodkor" stadioni sifatida qayd etilib kelinayotgandi. Respublikamizning bosh arenalaridan biri yana o'z nomi bilan atalishi mumkin.

SHuningdek, stadion mamuriyati tomonidan ochilgan pullik futbol to'garagi ham bekor qilinishi mumkin. Bu haqda stadiondagi manbamiz xabar berdi.

O'FAdagi yaqin manbamizga ko'ra, tez orada stadion direktori sifatida ishlab kelayotgan Kozim O'rinboyxo'jaev ham lavozimini bo'shatadi.

Eslatib o'tamiz, O'FAda Umid Ahmadjonov rahbarligi davrida "Bunyodkor"  Stadion binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi rahbari lavozimiga Kozim O'rinboyxo'jaev tayinlangandi.

SHundan so'ng PFL tashkiloti ham aynan mazkur stadion hududiga ko'chib o'tgandi.

Ayni paytda stadion rahbarligiga "Bunyodkor" klubida faoliyat yuritib kelayotgan va aynan mazkur stadionning qurilishidan boshlab 2018 yilga qadar o'yingohga masullardan biri bo'lgan Davron SHoqurbonov nomzodi ham mavjud. Katta ehtimol Davron SHoqurbonov "Bunyodkor" stadioni direktori etib tayinlanishi mumkin.

Qayd etish joiz, Davron SHoqurbonov kecha O'FA vice prezidenti Ravshan Ermatovning terma jamoalar bosh murabbiylari bilan uchrashuvida qatnashgan va malum bo'lishicha, SHoqurbonov aynan maydon masalalari bo'yicha javobgar sifatida mazkur uchrashuvda ishtirok etgan.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика