"Bunyodkor" Sotnikov bilan kelishuvni bekor qildi

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023, 16:02
Toshkentning "Bunyodkor" klubi hujumchi Viktor Sotnikov bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi.

O'zbekiston Professional futbol ligasining xabar berishicha, poytaxtliklar Viktor Sotnikov bilan xayrlashishga qaror qilgan. 

Klub bu yangilikni hali tasdiqlamadi. "Qaldirg'ochlar" rasmiy saytida bu haqida hozircha ma'lumot yo'q. 

Viktor Sotnikov birinchi davrada 8 ta o'yinda (6 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi va 1 sariq kartochka olgan futbolchi birorta samarali harakat amalga oshirmagan.   


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia