"Bunyodkor" sobiq futbolchisi "Barselona"ga yangi murabbiy tavsiya qildi
24 apr 00:44
Yangiliklar
"Bunyodkor" sobiq futbolchisi "Barselona"ga yangi murabbiy tavsiya qildi
Braziliya terma jamoasi va Toshkentning "Bunyodkor" klubi sobiq futbolchisi Rivaldo mavsum so'ngida Kataloniyaning "Barselona" klubi murabbiyligidan ketayotgan Xaviga o'rinbosar topdi.
52 yoshli mutaxassis "ko'k-anorranglilar"ga Joze Mourinyu variantini tavsiya qilgan. Portugaliya mutaxassis bir vaqtlar klubda tarjimon va murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
SHuningdek, 1997–2002 yillarda "Barsa" libosini kiygan Rivaldo Gvardiolaning klubga qaytishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlarga ishonmasligini, bu hozirda imkonsiz ekanligini takidlagan.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik sobiq jahon chempioni Rivaldo 2008–2010 yillarda O'zbekistonning "Bunyodkor" klubi sharafini himoya qilgan.
Avvalroq Mourinyuning yangi jamoasida darvozabonsiz taktika sinab ko'rmoqchi ekanligi to'g'risida xabar berilgandi.
Fikrlar
Энди кукариб чиқаётган нихолни барбод қилмасин.
Моур умуман мос келмайди Барсага.
Нима бера олади Барсага?
Уйинида на тактика бор на мазмун,мотивация орқали куп нарса ухшаб кетарди авваллари хозир эса узида хам энергия қолмади,узиям тушунади катта жамоага кучи етмаслигини.
Узимизни дарс берадиган мурабийларга келсак хали унакаси бизда йук PS 5 да дарс бермаса .....