So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  3 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

"Bunyodkor" Sergey Lushan istefoga chiqqanini tasdiqladi Yangiliklar

"Bunyodkor" Sergey Lushan istefoga chiqqanini tasdiqladi

Farg'ona shahrida o'tgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Sergey Lushan istefo berdi.

Klub rahbariyati uning arizasini ko'rib chiqdi va istefo borasidagi murojaatni qabul qildi. SHuningdek, sobiq bosh murabbiyga klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi. Ayniqsa, Sergey Ivanovichning asosiy jamoaga bir necha yoshlarni jalb etgani va ularning mahoratini oshirishda katta hissa qo'shganligi, qolaversa turli yoshdagi terma jamoalarga qanchadan-qancha nomzodlarni etishtirib berganligi alohida etirof etildi.

“Bunyodkor” FK rahbariyati Sergey Lushanni uning avvalgi lavozimi – “Bunyodkor” futbol maktabi direktorligiga qaytarishni maqul topdi.

Sergey Ivanovich “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi sifatida 2014 yilning 3 iyunidan 2015 yilning 22 sentyabriga qadar faoliyat yuritdi. SHu vaqt oralig'ida u “qaldirg'ochlar”ga 56ta uchrashuvda ustozlik qildi. SHularning 31tasida g'alaba, 9ta bahsda durang va 16ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etildi. To'plar farqi 77-44, “Bunyodkor” foydasiga. Uning boshchiligida “qaldirg'ochlar” ikki bor mamlakat kubogi finaliga yo'llanma olishdi.

Ishonamizki, Sergey Lushan yana yangidan-yangi yosh futbolchilarni nafaqt bizning jamoamizga, balki butun o'zbek futboliga etishtirishda davom etamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика