

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ilk turni mehmonda Ar-Riyodning “Al-Nasr” klubiga qarshi o'tkazadi. Shu munosabat bilan “qaldirg'ochlar” delegaciyasi bugun (21 fevral) erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, 1-tur doirasidagi “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 fevral kuni Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan 22:15da boshlanadi.



