"Bunyodkor" Rashidov bilan "Al Jayish" klubi qiziqayotganini tasdiqladi
20 iyu 2015 23:41
Yangiliklar


"Bunyodkor" Rashidov bilan "Al Jayish" klubi qiziqayotganini tasdiqladi
"Bunyodkor" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi Sardor Rashidovning "Al Jayish"ga o'tayotganligi haqidagi xabarga oydinlik kiritib o'tdi.
"Sardor Rashidovning "Bunyodkor"dan Qatarning "Al Jayish" klubiga o'tgani haqidagi xabar hozircha rasmiy kuchga ega emas. Sardor hamon "qaldirg'ochlar" azosi hisoblanadi. Lekin qatarliklarning Rashidov bilan qiziqayotgani rost. Hozirda ushbu transfer borasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu o'tish rasmiylashtirilgach, klub matbuot xizmati keyin aniq malumot beradi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar