So’nggi yangiliklar

17:00Про лига. "Олимпик" – "ФарДУ" (онлайн ҳисоб)  1 16:45"20 йил давомида боримни бериб ўйнадим". Трент "Ливерпул"ни тарк этишини эълон қилди  4 16:25Эшитдик-да! "Шўртан" бош мураббийи лавозимини тарк этди  5 15:40ОКМК – "Андижон" ва "Қизилқум" – "Навбаҳор" баҳсларида ишлаган ҳакамлар номуайян муддатга четлаштирилди  31 15:11"Манчестер Юнайтед" 25 ёшли вингерни 70 млн еврога сотиб олишга тайёр  1 14:45"Трент "Реал"га ўтади" — Фабрицио Романо  20 14:24"Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна" устидан қийин ғалабага эришган муросасиз баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:02Слот "Ливерпул"нинг ёзги трансферлари ҳақидаги саволга жавоб беради  6 13:35"Динамо" 7 йилдан сўнг уйига қайтган "Шўртан"ни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:13Про лига. 5-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 12:53Эксперт ҳакамлар комиссияси: Ҳакамлар "Навбаҳор" ва "Андижон" дарвозаларига хато пенальти белгилашган  77 12:28"Андижон" собиқ футболчиси Ўзбекистон, Қозоғистон ва Беларусь чемпионатларини ўзаро солиштирди  5 11:59"Локомотив" футбол клуби эмблемаси Адлия вазирлигида рўйхатдан ўтказилди  5 11:33Никола Лазаревич: "Жамоамизнинг ҳар бир вакилини "Навбаҳор" устидан қозонилган ғалаба билан муборакбод этаман"  5 11:06Сергей Лушан: "Ғалаба қозониш учун ҳеч бўлмаганда 50% имкониятдан фойдаланишни билиш керак"  9

"Bunyodkor" raqiblari: “Lahviya” va “Persepolis”da durang, “Al-Nasr”da g'alaba Yangiliklar

"Bunyodkor" raqiblari: “Lahviya” va “Persepolis”da durang, “Al-Nasr”da g'alaba

“Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqiblari o'z chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
17 mart kuni Toshkentda mehmon bo'ladigan Qatar chempioni “Lahviya” klubi kutilmaganda autsayder “Al-Vaqra” jamoasi bilan safarda 2:2 hisobida durang o'ynab qo'ydi. Avvaliga Mixail Laudrup shogirdlari 4 va 33-daqiqalarda Sebastyan Soriya va Muhammad Razzoq tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Lekin 38-daqiqada Ahmad Koxeyl va 90+2-daqiqada Moxsin Mutali kiritgan gollar “Lahviya”ni g'alabadan mahrum qildi.

“Lahviya” Qatar yulduzlar ligasida 21 uchrashuvda 49 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onadagi eng yaqin taqibchisi “Al-Sadd”ni 4 ochkoga ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilmoqda.

“AL-VAQRA” – “LAHVIYA” 2:2 (1:2)
Gollar:
Sebastyan Soriya 4 (0:1), Muhammad razzoq 33 (0:2), Ahmad Koxeyl 38 (1:2), Moxsin Mutali 90+2 penalti (2:2)
“Lahviya” tarkibi: 40.Lekomte-Addani, 4.CHiko Flores, 24.Halid Radvan, 10.Tay Xi Nam, 12.Karim Boudiaf, 8.Luiz Seara (9.Abdulrahmon Mohd 81), 20.Ali Hassan Affif (7.Halid Muftah 65), 23.Sebastyan Soriya (79.Vladimir Vayss 62), 5.Muhammad Razzoq, 14.Tresor, 70.Ismoil Muhammad

Eronning “Persepolis” jamoasi bor etiborini Osiyo CHempionlar ligasiga qaratganini klubning ichki musobaqalarda qayd etayotgan natijalaridan ham bilib olsa bo'ladi. Tehronliklar Eron chempionatining 23-tur doirasida “Naft Masjid Sulaymon” klubi mehmoni bo'lishdi va xuddi “Lahviya” singari tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishdi. 25-daqiqada Omid Alishoh va 38-daqiqada Ali Alipurgara tomonidan kiritilgan gollar “Persepolis”ga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishni taminlagan edi. Biroq “Naft Masjid Sulaymon” azolari Vohid Amrey va Rizo Karmollacheb 44 va 90+4-daqiqalarda Tehron jamoasi darvozasiga to'p kiritishib, yakuniy natija 2:2 bo'lishini taminladi.

“Persepolis” 23-turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.

“NAFT MASJID SULAYMON” – “PERSEPOLIS” 2:2
Gollar:
Omid Alishoh 25 (0:1), Ali Alipurgara 38 (0:2), Vohid Amrey 44 (1:2), Rizo Karmollacheb 90+4 (2:2)
“Persepolis” tarkibi: 1.Makani, 99.Xotami, 20.Nurmuhammadi, 3.Xonzoda, 6.Bengar, 11.Sodeg'ian (8.Mehdi Dagagelah 79), 66.Fernando Gabriel (2.Alishoh 12), 18.Kashgari, 24.Hadi Naurozi, 16.Rizo Haleg'ifar, 77.Ali Alipurgara (22.Tadeu 90)

Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Nasr” klubi o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'ydi. Ar-Riyodliklar 19-tur doirasida “Al-Orubah” jamoasi maydonga safar uyushtirishib, Muhammad Al-Sahlavi va Fabian Estoyanoffning bittadan gollari evaziga 2:0 hisobida g'alabani rasmiylashtirishdi.

“Al-Nasr” 19 uchrashuvda 48 ochko jamg'arib, Saudiya Arabistoni chempionatidagi yakka peshqadamligini davom ettirmoqda.

“AL-ORUBAH” – “AL-NASR” 0:2 (0:2)
Gollar
: Muhammad Al-Sahlavi 2 (0:1), Fabian Estoyanoff 16 (0:2)
“Al-Nasr” tarkibi: 22.Al-Enazi, 24.Xusayn Abdulg'ani, 2.Muhammad Xusayn, 12.Holid Al-G'amdi, 4.Omar Xavsavi, 86.Mirjeevski (5.Juman Al-Dosari 87), 15.Ahmad Al-Fraydi, 27.Faraj (8.Yahyo Al-Sehri 74), 16.Abdulaziz Al-Jebrin, 21.Estoyanoff (18.Vila 66), 10.Al-Sahlavi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика