"Bunyodkor" rahbariyati Anvar G'ofurovga ishonch bildirishga qaror qildi, ammo...
27 mar 2024 12:38
Yangiliklar
"Bunyodkor" rahbariyati Anvar G'ofurovga ishonch bildirishga qaror qildi, ammo...
3-turda "Navbahor"ga qarshi bahsga "qaldirg'ochlar"ni yosh murabbiy Anvar G'ofurov tayyorladi. "Bunyodkor" bu murabbiy qo'l ostida chempionlikka asosiy davogar hisoblangan "Navbahor"ga qarshi o'yinda yaxshi o'yin namoyish eta oldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Bundan tashqari FIFA kunlari vaqtida "qaldirg'ochlar" Moskvada CSKAga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib qaytishdi. "Bunyodkor" "armiyachilar"ga qarshi o'yinda ham munosib harakat qildi. SHu bois klub rahbariyati yosh mutaxassisga ishonch bildirishga qaror qildi.
Anvar G'ofurov qo'rqmasdan akademiyadan chiqqan yoshlarga imkoniyat bermoqda va jamoani yangi g'alabalar sari etaklamoqda.
Biroq Anvar G'ofurovda PRO licenziyasi yo'qligi bois bir necha yildan buyon "Bunyodkor" akademiyasida ishlab kelayotgan tajribali Sergey Ilyasovich Arslanov rasman bosh murabbiy bo'ladi. U o'tgan yil "Surxon"da ishlagan Sergey Sergeevich Arslanovning otasi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar