So’nggi yangiliklar

20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  0 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  17 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2

"Bunyodkor" - "Paxtakor": uchrashuv haqida malumotlar Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Paxtakor": uchrashuv haqida malumotlar

Oliy liganing 7-turida "Bunyodkor"ga qarshi Toshkent derbisida maydonga tushamiz.


Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar oxirgi yillarda ligamizda yana bir keskin qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. So'nggi 14 yilda chempionatimizda faqat ushbu jamoalar oltin medallarga ega chiqishdi.

Tayyorgarlik

Jamoamiz ayni paytda har 4 kunda uchrashuv o'tkazishga majbur bo'lmoqda. "Metallurg" bilan dushanba kungi bellashuvdan keyin darhol navbatdagi bahsga tayyorgarlik boshlandi. "Bunyodkor" esa "Obod" bilan o'tgan shanba kungi uchrashuvdan keyin hozirlik ko'rish uchun ko'proq vaqtga ega bo'ldi.

Qarama-qarshilik

Oliy ligada jamoalar 18 bor to'qnash kelishgan. Ularning 6tasida "Bunyodkor", 4tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 8 o'yin durang bilan tugagan. Raqib 20 bor, jamoamiz 16 marta darvozalarga to'p kiritgan. Safardagi bellashuvlarda 5 bor mezbonlar, 2 marta "Paxtakor" g'olib chiqqan. Yana 2 o'yinda durang qayd etilgan.

O'yin rasmiylari

Uchrashuvni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi. Hozirgacha Asimov oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 12 bellashuvda ishlagan. Ularning 10tasida g'alaba qozongan "sherlar" bir martadan durang va mag'lubiyatga duch kelishgan.

“BUNYODKOR” - “PAXTAKOR”

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent viloyati), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Ravshan Kopadze (Farg'ona).

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).

O'zPFL vakili: Ahrol Inoyatov (Toshkent). 

"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 29 aprel, juma kuni "Bunyodkor" stadionida 19:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика