So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  5 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

"Bunyodkor" "Paxtakor" stadionidagi etti yillik qora ananaga chek qo'yadimi? Yangiliklar

"Bunyodkor" "Paxtakor" stadionidagi etti yillik qora ananaga chek qo'yadimi?

Superliganing 13-turning markaziy uchrashuvi so'zsiz "Paxtakor" - "Bunyodkor" ishtirokidagi Toshkent derbisidir.

Garchi bugungi kunga kelib ushbu jamoalar o'rtasida uchrashuvlar qiziqarliligi va jozibasini biroz yo'qotgan bo'lsada, derbi o'z nomi bilan derbi. Demak mazkur bahs oldidan jamoalarning holati va bir qator qiziqarli faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 


Tanaffusda qaysi jamoa qanday tayyorgarlik ko'rdi?

Piter Xyuistra boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi 12 iyul sanasidan etiboran qisqa tatildan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni klub o'zining Qibraydagi qarorgohida o'tkazdi. Klub matbuot xizmati rasmiy telegram kanalida taqdim qilgan suratlarda mashg'ulotlar Jafar Irismetov, Sobir Xodiev, Laslo Yambo boshchligida o'tganini sezib olish qiyin bo'lmadi. Bizni ajablantirgan jihati jamoa yig'in jarayonida birorta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgani yo'q.  "Bunyodkor" esa raqibidan farqli ravishda mavsumning navbatdagi qismiga faol tarzda tayyorgarlik ko'rdi.  Bir qator nazorat va xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdi. Mazkur bahslarda ularga "Xorazm" (4:3), "Olimpik" (1:0), "Alay" (4:1) jamoalari raqiblik qildi. 


Tarkibdagi o'zgarishlar

"Paxtakor" mavsum boshida bir qator futbolchilar tark etgandi. Klub yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida Doston Hamdamov va Odil Hamrobekovni qaytardi. Hujum chizig'idagi bo'shliqni to'ldirish maqsadida serbiyalik Boyan Matich taklif qilindi. O'tgan mavsumning birinchi qismida u “Partizan” safida o'ynadi, ikkinchi davrani esa Greciyaning “Atromitos” klubida ijarada o'tkazdi. Umumiy olganda o'tgan mavsum 25ta o'yinda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Butun faoliyati davomida Matich 155ta o'yinda, 46ta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Boyan “Paxtakor”ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. Futbolchi klub bilan 2021 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.  Jamoani Sardor Rashidov, Eren Derdiyok tark etdi. 

"Bunyodkor" esa sezilarli o'zgarishlarga qo'l urgani yo'q. Faqatgina himoya chizig'iga "Navbahor"dan Farhod Mirahmatov ijaraga olindi.


"Bunyodkor" etti yildan beri "Paxtakor" maydonida g'alaba qozona olmayapti

 Hozirgacha o'tkazilgan 30 bellashuvning 11tasida "SHerlar" g'olib bo'lishgan. 9tada bahsda durang va 10 tasida raqib g'alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 38 to'p kiritib, 33 gol o'tkazib yuborgan. Jamoalar o'rtasidagi eng yirik natija 2020 - yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan. "Paxtakor" uy uchrashuvida shunday muvaffaqiyatga erishgan. "Paxtakor" o'z maydonidagi bahslarda 7 g'alaba, 6 durang va 2 mag'lubiyat qayd etilgan. Gollar urish borasida ustunlik "SHerlar" tarafida - 21:9. "Bunyodkor" so'nggi marotaba Superligada 2013 yil "Paxtakor" stadionida raqibini mag'lubiyatga uchratgandi. O'shanda Boyan Miladinovich o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan, yana bir golga Oleksandr Pishur mualliflik qilgandi. "Bunyodkor" keyingi etti yilda "Paxtakor" maydonidan faqat mag'lubiyat bilan ortiga qaytgan. Quyida so'nggi ettita o'yindagi natijalar bilan tanishishingiz mumkin. 


30.06.2013. 12-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 0:2

05.07.2014. 13-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 3:1

31.05.2015. 11-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0

17.09.2016. 22-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:1

26.10.2017. 26-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0

25.05.2018. 13-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0

30.11.2018. 32-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 4:0

31.03.2019. 2-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:1

19.06.2020. 5-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 5:0

P.S: Yuqorida faqat Superligadagi natijalar keltirilgan


Yo'qotishlar

Ushbu bahsda "Bunyodkor"ga diskvalifikaciya sabab Nurillo To'xtasinov va Suhrob Izzatov yordam bera olmaydi. "Paxtakor"da esa yo'qotishlar yo'q. 

Taxminiy tarkiblar

"Paxtakor": Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Xojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev, Odil Hamrobekov, Dragan CHeran, Doston Hamdamov, Diyor Holmatov, SHerzod Temirov

"Bunyodkor": Ravshan Yagudin, Avazbek O'lmasaliev, Abdulla Abdullaev, Davronjon Ergashev, Farhod Mirahmatov, Lutfulla To'raev, Rasul Yo'ldoshev, Odiljon Abdurahmonov, Farrux Ikromov, Xurshid G'iyosov, Mirjahon Mirahmatov


Lutfulla To'raev: "Paxtakor" maydonida ham g'alaba qozonish vaqti keldi"


Superliga. 13-tur

“PAXTAKOR” – “BUNYODKOR”

31 iyul. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 20:00

Bosh hakam: Asker Najafaliev. 

Qanot hakamlari: Olim Abduvosilov, Ruslan Serazetdinov.

Zaxiradagi hakam: Sultonmurod Abdurahmonov.

Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Komissar: Laziz Qo'chqorov.


Eslatib o'tib joiz, mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 5 iyul sanasidagi elon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo'yicha musobaqalarni muxlislarsiz o'tkazish bo'yicha qarori asosida O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladi. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика