So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10

"Bunyodkor" "O'zbekneftgaz"ga qaytdi. Ibrohimov bilan ishni norvegiyalik sudya ko'rib chiqmoqda - Ulug'bek Mirzaev Yangiliklar

"Bunyodkor" "O'zbekneftgaz"ga qaytdi. Ibrohimov bilan ishni norvegiyalik sudya ko'rib chiqmoqda - Ulug'bek Mirzaev

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi joriy mavsum malum vaqt qiyinchilikni boshidan o'tkazdi.

Yaqinda klub yana o'zining avvalgi homiysi "O'zbekneftgaz" AJga qaytdi. Bu borada batafsil malumot olish maqsadida "Bunyodkor" jamoasi direktori Ulug'bek Mirzaevga yuzlandik. Suhbat Javlon Ibrohimov masalasi, futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish va boshqa mavzularni o'z ichiga qamrab oldi. 

"O'zbekneftegaz"ga qaytish va maoshlar bilan bog'liq qarzdorliklar haqida

"2021 yil 27 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida o'tgan yig'ilish bayoniga asosan "Bunyodkor" futbol klubi "O'zbekneftgaz" AJ bosh homiyligiga qaytarildi. Bundan buyon klubimizga "O'zbekneftgaz" AJ ham muassis, ham bosh homiy bo'ladi. Ayni kunlarda bizda moliyalashtirish boshlandi. Bir hafta oralig'ida xodimlarga, futbolchi va murabbiylarga iyun va iyul oyliklarini to'lov qildik. SHu 1-2 kunda xudo xohlasa avgust oyi maoshi va mukofot pullarini ham topshiramiz. "So'g'diyona" bilan uchrashuvga qadar berishni rejalashtirganmiz. Bu narsalar shunchaki o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q. Buning uchun klubimiz prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaevga jamoamiz nomidan katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizni qattiq qo'llab-quvvatlab turibdilar. Buning samarasi o'laroq Superliganing so'nggi turlarida jamoamiz yaxshi natijalar qayd etmoqda. Sovrindorlar qatoriga kirish uchun loyiq ekanligimizni isbotlamoqdamiz"

Javlon Ibrohimov masalasi

"Xabaringiz bor, Javlon Ibrohimov va “Bunyodkor” o'rtasidagi ish Lozzanadagi sport arbitraj sudiga oshirilgan. Bu ishni ko'rib chiqish uchun alohida sudya belgilangan. Norvegiyalik Espen Oberg ismli sudya masalani ko'rib chiqmoqda. Menimcha oktyabr oylarida qaror chiqib qolsa kerak. 24 sentyabr sanasigacha Javlon Ibrohimovga o'z fikrlarini bayon qilish uchun vaqt berilgan. SHundan keyin sudya barcha materiallarni to'playdi”

Futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish va yangi shartnomalar tuzish yo'lida harakatlar boshlandimi?

“Biz 12 sentyabr kuni klub prezidenti bilan uchrashuvda bo'ldik. Bir nechta masalalar atroflicha o'rganib chiqildi. SHu jumladan “Bunyodkor” bilan shartnomasi yakunlanayotgan boshqa futbolchilarimizga bizni ogohlantirib yoki ogohlantirmay, qoidalarga zid ravishda chiqayotgan klublar bo'lyapti. Bu narsani muhokama qildik. Klub prezidenti shaxsan o'zlari o'sha futbolchilar bilan gaplashishlarini, jamoada qolishligini, ularga yaxshi sharoitlar yaratib berishligini aytdilar. Yani jamoaning futbolchilarini olib qolishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Ayni paytda asosiy maqsadimiz chempionatni yaxshi holatda yakunlab olish. Iloji boricha OCHLga yo'llanma beradigan o'rinni qo'lga kiritishni, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishni niyat qilganmiz. Keyingi yilgi rejalar, xarajatlar smetasi ham bu yilgi ishtirokimizga qarab belgilanadi. Jamoani tarkibiga ham mavsum yakunlangach yana etibor qaratamiz”,- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика