"Bunyodkor" o'rtoqlik uchrashuvida Rossiya klubini mag'lub etdi
07 fev 2023 23:10
Yangiliklar


"Bunyodkor" o'rtoqlik uchrashuvida Rossiya klubini mag'lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirayotgan "Bunyodkor" bugun yig'in doirasidagi dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Raqib — Rossiyaning daraja jihatdan ikkinchi musobaqasi FNL vakili hisoblangan "Veles". Uchrashuvda tartibli harakat qilgan "qaldirg'ochlar" Avazbek O'lmasalievning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoaga kelib qo'shilgan SHohruh Abdurahmonov va Doniyor Abdumannopovga ham murabbiylar imkoniyat berishdi.
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Diyor Jaloliddinov, Davronjon Ergashev (sardor), Avazbek O'lmasaliev, Muzaffar Olimjonov, Akbar Ismatullaev, Doniyor Abdumannopov, SHohruh Abdurahmonov, Igor Ivanovich, Usmonali Ismonaliev, Suhrob Izzatov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasurbek Yoqubov, Farhod O'tkirov, Rasul Yo'ldoshev, Muhammad Safo Fozilov, Abdulloh Omonaliev, Muhammadodil Qahramonov, Narimon Ahmadjonov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar