“Bunyodkor” oq formada o'ynaydi
19 apr 2016 12:04
Yangiliklar


“Bunyodkor” oq formada o'ynaydi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 20 aprel kuni CHempionlar ligasining 5-turida Qatarning “Lahviya” klubini qabul qiladi.
Bugun uchrashuv rasmiylari va jamoalar menejerlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoalarning ertangi bahsda qanday rangli liboslarda maydonga tushishi aniqlab olindi.
Unga ko'ra, “Bunyodkor” oq, “Lahviya” qizil formalarda harakat qiladigan bo'ldi. Hakamlar guruhi esa qora kiyimlar kiyishadi.
Qayd etish kerakki, uchrashuv OFKning sobiq bosh kotibi, 16 aprel kuni 71 yoshida bu yorug' olam bilan xayrlashgan Datuka Seri Paul Moni Samuel xotirasi uchun bir daqiqalik sukt bilan boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Lahviya” uchrashuvi 20 aprel kuni “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar