So’nggi yangiliklar

19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  4 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11

“Bunyodkor” – “Obod”. Prevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Obod”. Prevyu

"Bunyodkor"ning 2015 yilgi mamlakat kubogi bahslaridagi dastlabki raqibi Toshkentning “Obod” jamoasi.
“Bunyodkor” O'zbekiston kubogi musobaqasida 10-bor ishtirok etmoqda. “Qaldirg'ochlar” bungacha 2013 va 2014 yilgi mavsumdagi uchrashuvlarini durang natija bilan boshlashgan. Qolgan startlarning barchasida g'alaba qozonilgan.

2006 yil. 1/16 final. “Bunyodkor” – “SHayxontohur” 3:1
2007 yil. 1/16 final. “SHahrixon” – “Bunyodkor” 1:3
2008 yil. 1/8 final. “Jayhun” – “Bunyodkor” 0:2
2009 yil. 1/8 final. “Dinamo Qarshi” – “Bunyodkor” 0:2
2010 yil. 1/16 final. “Buxoro” – “Bunyodkor” 0:2
2011 yil. 1/16 final. “Xiva” – “Bunyodkor” 1:3
2012 yil. 1/16 final. “Bunyodkor” – “Nasaf-2” 5:0
2013 yil. 1/4 final. “Bunyodkor” – “Mashal” 1:1
2014 yil. 1/4 final. “Bunyodkor” – “Olmaliq” 2:2
2015 yil. 1/8 final. “Bunyodkor” – “Obod” -:-

Raqibimiz “Obod” bir uchrashuvdan iborat 1/16 final bosqichida Navoiyning “Qizilqum” klubini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratib, nimchorak finalga etib keldi. Endi birinchi liga peshqadamlaridan biri uy-safar tizimida o'tkaziladigan bahslarda “Bunyodkor” bilan kuch sinashib ko'radi.

Bugungi kunda “Obod” tarkibida bir paytlar “Bunyodkor” yoshlar jamoasi sharafini himoya qilishgan 11 nafar futbolchi to'p tepmoqda. Bular: Viktor Mochalov, Sanjar To'raqulov, Araik Boboev, Aziz G'ulomxo'jaev, Doniyorbek Hasanov, SHerzod Jalilov, Ulug'bek Dadaboev, Zarbullo Umarov va Rasuljon SHuhratov.

Birinchi liganing 8-tur uchrashuvlaridan so'ng “Obod” jamoasi 16 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 3-pog'onasini band etib turibdi. Xayrulla Abdiev ustozlik qilayotgan jamoa 8 uchrashuvda raqiblarida darvozasini 22 bor ishg'ol qilib, o'z “postidan” 6ta to'p o'tkazib yubordi. Hujumchi Alisher Azizov 7ta goli bilan jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

O'zPFL “Bunyodkor” – “Obod” uchrashuviga buxorolik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhini tayinlagan. Qanot hakamlari – Artyom Kalinin (Qarshi), Aleksandr Sidorov (Toshkent). Zahira hakami – Ahmadjon Ergashev. Nazoratchi – Alisher Abdullaev (Toshkent).

Mamlakat kubogining nimchorak final bosqichi birinchi uchrashuvlari doirasidagi “Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvi 19 may kuni “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика