So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  14 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  21 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

"Bunyodkor" - "Obod" 1:0. Dastlabki o'yindan "Bunyodkor"da kichik ustunlik Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Obod" 1:0. Dastlabki o'yindan "Bunyodkor"da kichik ustunlik

"Bunyodkor" va "Obod" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


"Bunyodkor" - "Obod" 1:0

Gol: Samir Bekrich 3.

"Bunyodkor": Pavel Bugalo, Akmal SHorahmedov, Anvar G'ofurov (S), SHaker Zuagi, Minori Sato, Anvar Berdiev (Temur Ayupov 46), Ivan Miloshevich, Obid Jo'raboev, Samir Bekrich (Mirzohid G'ofurov 52), Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev.

Zaxira: Akbar To'raev, Xayrulla Karimov, , Ergash Ismoilov, Farhod Namozov, Javohir Qahramonov, 

"Obod": Viktor Mochalov, Kamoliddin Tojiboev, G'ayrat Umirov, SHerzod Jalilov, Alisher Azizov, SHohruh Norxonov (Dilshodbek Ahmadaliev 80), Araik Boboev, Aziz G'ulomxo'jaev (Jahongir Isxoqov 55), Sanjar To'raqulov, Ulug'bek Dadaboev ( Rasuljon SHuhratov 66), Javlon Iskandarov.

Zaxira: Ubaydullo Inoyatullaev, Umid Zufarov, Sunatilla Abdullajonov, Nurbek Nuritdinov.

Ogohlantirish: Aziz G'ulomxo'jaev 25, SHohruh Nurxonov 37, Ivan Miloshevich 48.





UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. "Obod" futbolchilari bu hisobga rozi ko'rinadi.

84. Standart vaziyat. Sardor Rashidov "Obod" darvozasi yaqinida jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroz noaniq.

82. ZARBAAA!!! AZIZOV!!! CHap qanotda Alisher raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozagi aylanma zarba berdi, ammo Bugalo to'pni qaytardi.

80. O'zgarish. SHohruh Norxonov o'rniga Dilshodbek Ahmadaliev.

75. Mirzohid G'ofurov to'pni qizg'anib zarba berish o'rniga, sahiyligi tutib qolib, to'pni jamoadoshiga berdi va o'z jamoasining hujumini bartaraf etdi.

72. ZARBAAA!!! ISXONOV!!!Jahongir Isxonov raqib qaytargan to'pni darvozaga yo'llash o'rniga, tribunadan alamini oldi.

71. Zuagi Rashidovning juda aniq to'p oshirishini darvozaga yo'llashda kech qoldi. Himoyachiga qoyil!

69. "Obod" futbolchisiga jarohatlangan ko'rinadi. 

66. O'zgarish. Ulug'bek Dadaboev o'rniga Rasuljon SHuhratov.

63. RASHIDOVVV!!!!!!!!! Zuagining ajoyib to'p oshirishidan so'ng Mochalov bilan birga bir chiqqan Sardor to'pni erga yaqinlashib kelayotgan kometaga qarab tepdi va er ahlini qutqarib qoldi. Erlik Mochalov unga minnatdorchilik bildirib qo'ydi.


58. "Obod" asta sekin o'ziga kelyapti. Mehmonlarning so'nggi 10 daqiqadagi hujumlari xavfli tus olyapti.

56.ZARBAA!!!! SHohruh Norxonov o'ng qanotdan "Bunyodkor" jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo uning zarbasiga kuch etishmadi. 

55. O'zgarish. G'ulomxo'jaev o'rniga Jahongir Isxonov.

54. Bugungi uchrashuvni stadiondan turib 958 nafar muxlis kuzatmoqda.

53. Minori himoyada to'pni "Obod" futbolchisiga oldirib qo'ydi, ammo mehmonlar ham qarshi hujumda raqibni jazolay olmadi.

52. O'zgarish. Bekrich o'rniga G'ofurov.

49. "Obod"ning standarti golga aylanmadi.

48. Miloshevich raqibning qo'polligiga chiday olmay unga zarba berdi. Sariq kartochka.

46. O'zgarish. Berdiev o'rniga Timur Ayupov. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Jamoalar tanaffusdan qaytishdi.


"Obod" birinchi bo'limda yomon taasurot qoldirmadi, ammo qarshi hujumlarda ularga aniqlik etishmayapti. Mehmonlar Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etgan jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatishmoqda.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa qo'shib berdi.

44. Sato Minorining burchakdan etkazib bergan to'pini Zuagi aniq darvozaga yo'llab qo'ya olmadi.

40. Sanjar To'raqulov ham uzoq masofadan Bugaloni sinab ko'rdi. 40 yoshli darvozabon hammasi joyida ekanligini "Obod" futbolchilariga ko'rsatib qo'ydi.

39. Zuagi maydon markazida himoyachi oshirgan to'pni kutib qoldi va "Obod" hujumga o'tdi. Aziz G'ulomxo'jaev uzoq masofadan Bugaloning darvozasini aniq nishonga olishga urindi, ammo zarba kuchsiz.

37. Sariq kartochka. SHohruh Nurxonov Minorini yiqitdi.

35. Mezbonlarda standart vaziyat (jarima zarbasi). Raqib futbolchilari zarbani tanasi bilan qaytarib qoldi.

33. Berich yaqin masofadan kichik bo'yli Mochalovni dog'da qoldira olmadi. Uning zarbasi noaniq yo'nalish oldi.

30. Mana uchrashuv boshlanganiga yarim soat bo'libdiki, "Obod" futbolchilari o'z o'yinini topa olishmayapti. Mehmonlar o'yinchilari bir necha marotaba o'z jamoadoshiga turtilib ketib, to'pni oldirib qo'yishyapti.

28. Mezbonlar bugun o'z texnikasiga tayanib harakat qilishyapti. Aldashlar, fintlar. 

25. Sariq kartochka. Aziz G'ulomxo'jaev Sardor Sobirxo'jaevga qo'pollik ishlatdi.

23. "Obod"ning kam sonli hujumlarini maydonga tashrif buyurgan kam sonli muxlislar bor ovozi bilan qo'llab turibdi.

21. Rashidov o'ng qanotda raqib himoyachisidan o'ta olmay to'pni orqaga qaytardi, Zuagi esa markazdan kirishga urindi va ikki himoyachini aldab darvozaga zarba berishga ulgurmadi.

19. Mehmonlar bugun qarshi hujumga tayanib o'ynashmoqda. Ammo hozircha birorta ham golga tortadigan vaziyat yuz bergani yo'q.

18. Sardor Rashidov o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo so'nggi pallada "Obod" himoyachisi to'pni maydondan chiqarib yubordi.

14. O'yin asosan "qaldirg'ochlar"ning hujumlari ostida o'tyapti.

13. "Bunyodkor" muxlislari stadionda barabanlar bilan raqibga bosim uyushtirishyapti.

10. "Bunyodkor" birinchi o'n daqiqalikda to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi.

8. Araik Boboev "Obod"ning ilk xavfli zarbasiga mualliflik qildi, ammo Bugalo xushyor.


6. "Obod" futbolchilari bunday hashamatli stadionda ilk bor o'ynayotgani sababli biroz dovdirab qolishmoqda.

3. GOOOOLLL!!!! Bekrich o'z jamoashidan qabul qilib olgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi

2. "Obod" ilk daqiqalardan "qaldirg'ochlar" bilan tengma teng kurashisha olishni isbotlashga urinyapti.

1. Uchrashuv boshlandi.


 Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика