"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida "So'g'diyona"ga mag'lub bo'ldi
16 sen 2023 21:51
Yangiliklar
"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida "So'g'diyona"ga mag'lub bo'ldi
Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar tanaffusdan foydalangan holda nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Xususan, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun Toshkentda "So'g'diyona" bilan nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi. Gollarga boy o'tgan bahsda omad Ivan Boshkovich shogirdlariga kulib boqdi, 1:3. Mehmonlar safida Samandarjon Mavlonqulov, Jasurbek Yoqubov va Lyupche Doriev to'p kiritgan bo'lsa, "qaldirg'ochlar"ning yagona goliga SHohruhbek Abdurahmonov mualliflik qildi.
"Bunyodkor" 24 sentyabr kuni Superliga 19-turida Qarshida "Nasaf" bilan to'qnash kelsa, "So'g'diyona" uyda "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Nazorat uchrashuvi.
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 1:3
Gollar: SHohruhbek Abdurahmonov - Samandarjon Mavlonqulov, Jasurbek Yoqubov, Lyupche Doriev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar